Get Mystery Box with random crypto!

Sariqchaqaga arzimaydigan diplomning qadri haqida... Diplom - | Akhrorov | shaxsiy blog

Sariqchaqaga arzimaydigan diplomning qadri haqida...

Diplom - ota-onamizning, abituriyentlar orzusi;

Shuning uchun kamida 1 yil, yaxshiroq universitetga kirish uchun esa kamida 2 va undan ko‘p yil abituriyent bo‘lib, hayotdan uzilish kerak(hayotingizda kerak bo‘ladigan bilimning 10 foizini ham olmaysiz undan);

Bir tinga qimmat diplom uchun har yili 12 mlndan boshlanadigam "kontrakt" to‘lanadi. Bir tinga qimmat baho uchun esa "4 lik", "5 lik" summalar "qistiriladi" va korrupsiya o‘chog‘i ham bizda ta'lim.

Bitta diplom uchun O‘zbekistonda eng kamida 100 mln so'm pul sarflanadi. Bu eng kamida;

20 yosh atrofidagi ayni ilm oladigan, kasb egallaydigan yoshlik davri darsga borib, orqa partada uxlab qaytish bilan, darsdan keyin aksariyati qora ishlar bilan o‘tkazadi.

Rektorlardan tortib, dekan-u, qorovullargacha bilib olgani davomat va darsga kechikmaslik.

Hech kim talabaning bilim olishi haqida qayg‘urmaydi, domla dekanni, dekan prorektorni, prorektor esa rektorning buyrug‘ini bajaradi. Ammo har xil piarlar qilib ko‘zbuyamachilikni qoyillatadi.

Agar talabalar darsga kirmasa domla shikoyat yozadi, domla kelmasa... u ham odam, ishi chiqib qolgandirda);

Domla talab qilsa haq, talaba talab qilsa tarbiyasizlik, o‘zboshimchalik;

Xurmatli ota-onalar farzandlaringizning umrini bekorga sarflamang, ularga yo zamonaviy kasb o‘rgating. Ishoning shuncha ketgan pul va vaqtga bemalol chet eldagi nufuzli oliygohga joylashtira olasiz.

Nodir Qulmatov
@Molga_aylanganlar