Get Mystery Box with random crypto!

1. Ikki yil ichida shu narsani ko‘rdimki, ko‘pchilik yoshlar t | Akhrorov | shaxsiy blog

1. Ikki yil ichida shu narsani ko‘rdimki, ko‘pchilik yoshlar talaba bo‘lgandan keyin o‘qimay qo‘yadi.

2. Eng katta sabab bu - erkinlik.

3. Endi uning yonida "Mana bu nos sani kistangdan chiqdimi?" deydigan dadasi, "Vay o‘lmasam mana bu sariq soch kim edi" deydigan onasi bo‘lmaydi.

4. Uning oldida "O‘zi hayotga bir marta kelamzayu o‘rto" deydigan Qashqadaryolik do‘sti bo‘ladi.

5. Mana shunaqa muhit hisobiga birinchi yilni o‘zida juda ko‘p aqlli bollar yo‘qolib ketadi.

6. Nima qilish kerak? Tergab turadigan inson topish kerak. Har 2 soatda kelib, darsingni qildingmi? Nima qilyapsan? Namozingni o‘qidingmi? deydigan odam.

7. Sharti o‘sha odamni san hurmat qilishing kerak. Shunda gapi yerda qolmaydi. Masalan manda shunaqa insonlar: ikkita do‘stim bilan ukam hisoblanadi.

P.S
Aslida mo‘min kishi doim o‘zini-o‘zi tergab turishi kerak).

@khasanov_blog