Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-07-24 19:03:34
“Al-Azhar” universiteti tibbiyot fakulteti talabalaridan qasamyod

Bu Gippokrat qasami emas, bandaning Haqning oldidagi qasami

Maʼnosi aʼlo darajada. Alloh taolo bu maʼnolarni haqiqatga aylantirsin!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.8K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2023-07-24 17:32:11
Erishgan yutuqlarimiz ortida ko'pincha onamiz turadi! 00:00

Onalarimiz baxtimizga sogʻ boʻlsin :)

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.7K views14:32
Ochish/sharhlash
2023-07-24 14:30:51
TOP-10: Hamma ko'rishi shart bo'lgan filmlar!

Bular qaysi filmlar? Mazkur filmlar nima haqida? Nega ularni koʻrishimiz kerak? Ushbu videoda mazkur savollarga javob topasiz.

Filimlar roʻyxati:
10-oʻrin. Interstellar - 02:02
9-oʻrin. Neft - 03:53
8-oʻrin. E'tibor markazida - 5:09
7-oʻrin. Shoushenkdan qochish 06:15
6-oʻrin. Bryuggeda - 07:52
5-oʻrin. Forrest Gamp - 09:21
4-oʻrin. Cho'qintirgan ota - 10:14
3-oʻrin. O'zgalar hayoti - 11:57
2-oʻrin. Jinoiy cho'pchak - 14:01
1-oʻrin. Shindler ro'yxati - 15:23

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.0K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-07-24 14:01:36
Universitetga hujjatlarni ham, imtihonni ham onlayn topshirishni istaysizmi? Siz barcha shart-sharoitlari zamon talablariga mos, eng oxirgi rusumdagi texnika bilan jihozlangan oliygohni izlayapsizmi?

Unda University of Science and Technologies aynan siz uchun!

USAT 2022-yil iyul oyida rasmiy ravishda litsenziya (№048714) olib, oktyabr oyidan faoliyatini boshlagan. Hozirda universitetda 4000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliygohda bilim berish sifatiga alohida e’tibor beriladi. Masalan, shu yili talabalarimiz OTMlar o’rtasida “Zakovat” bo’yicha o’tkazilgan musobaqaning respublika bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Hozirda USATga kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha 12 ta yo’nalishda qabul davom etmoqda, ular:

Maktabgacha ta’lim;
Boshlang’ich ta’lim;
Tarix;
Xorijiy til va adabiyoti;
Iqtisodiyot;
Psixologiya;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
Bank ishi va auditi;
Logistika;
Dasturiy injiniring;
Turizm.

Hujjatlarni universitetimizga tashrif buyurib yoki admission.usat.uz sayti orqali topshirish mumkin. Arizangiz qabul qilinganligi haqida SMS xabar olganingizdan so’ng, imtihonni ham onlayn test.usat.uz sayti orqali topshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Shu bilan birga, hozirda University of Science and Technologies’da ikkinchi mutaxassislik va o’qishni ko’chirish bo’yicha ham arizalar qabuli davom etmoqda!

University of Science and Technologies - muvaffaqiyatli kelajakka eshikni oching!

+99878-888-38-88
www.usat.uz
Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
Mo'ljal: sobiq Roison binosi
Lokatsiya: Yandex, Google

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube
41.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-07-24 12:36:41 SAVOL-JAVOB

Agar o‘qishga kira olmasa tushkunlikka tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Ko‘pincha o‘qishga kira olmaganlar depressiyaga tushib qolishadi. O‘qishga topshirayotgan yoshlarga aytardimki, inson bor imkoniyatlarini faqat bitta narsaga tikmasligi kerak. Bizdagi ko‘plab abituriyentlarning xatosi, imkoniyatini faqatgina bitta narsaga sarflaydi. Shuning uchun o‘qishga kirishni juda muhim deb hisoblaydi.

Inson hayotda nimaning muhimligini oshirsa o‘sha narsadan kaltaklanadi, ozorlanadi. O‘qish muhim, ammo hayotni faqat universitetga kirish bilan baholamasdan boshqa rejalarni ham tuzib qo‘yishi kerak. Misol uchun, agar men bu yil tibbiyot universitetiga topshira olmasam yoki kira olmasam, keyingi bir yilda nima bilan shug‘ullanishim mumkin? Bu savolga javobni abituriyent test imtihoniga kirmasdan oldin o‘ylab qo‘yishi kerak.

Keyingi yil yana qayta tayyorlanishi mumkin. Yoki ishlab, o‘qishi mumkin. IELTS ga tayyorlanishi va bu yilga boshqa ulkan maqsadlarni oldiga qo‘yishi mumkin. Mana shunday 2, 3 ta rejani o‘zining oldiga belgilab olish lozim. Shunda ayni narsaning muhimligi tushadi.

Demak, bu narsaga erisha olmasam ikkinchi yo‘lim ham bor, u ham bo‘lmasa uchinchi yo‘lim bor. Aynan mana shunday bir qancha variantlarning borligi birinchi qo‘yilgan maqsadning muhimligini sal tushiradi. Hayotda nimaning muhimligini biz tushunadigan bo‘lsak, u bizga yana-da tezroq kelishni boshlaydi.

Bu dunyo balansli yaratilgan. Tarozining ikki pallasi bor. Ikkisi ham teng. Biz biron narsani muhim hisoblaganimizda tarozining bir pallasiga og‘irlik tushadi va ikkinchisi ko‘tariladi. Misol uchun, biron bir universitetga kirish  holatida ko‘radigan bo‘lsak, “Men universitetga kirishim kerak. Kirmasam bo‘lmaydi. Agar kira olmasam nima degan odam bo‘laman?” Abituriyent qanchalik shunaqa fikrlay boshlasa, tarozining bir pallasi og‘irlashib boradi – pastga tushadi, ikkinchisi esa tepaga ko‘tariladi.

O‘qishga kira olmagan vaqtda qanchalik pastga tushgan tarozi pallasining birdan tenglashganini tasavvur qiling. Bunaqa tenglashishda esa odam umidsizlikka tushib qoladi. Hamma narsadan sovib ketadi. Eng yomoni o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushadi. Inson kuchli depressiya holatiga tushib qoladi. Chunki u hayotda aynan mana shu narsani  muhimlashtirdi. Shu sabab boshqa variantlarni qilib, tarozining bu pallasiga ham kichik toshlarni qo‘yib qo‘yish shart. Bu kabi insonlarning o‘ziga nisbatan ishonchi ham baland bo‘ladi. Shu bilan birga o‘ziga ishonchi baland bo‘lgan odamning o‘qishga kirish imkoniyati ham oshadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
39.9K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-07-24 08:49:03 ​​​​​SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ!

Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r

Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz
O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz
Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz
Biz ham bir quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylida

Bu DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib
Testlarni ham belgiladik qoyillatib
Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib
Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Niyatimiz Oliy unvon olish xalos
Va albatta yaxshi inson bo'lish halos
Menga esa poytaxtda qolish xalos
Biz ham bir kerilib yuraylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar
O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar
Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar
Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas
Bizga grantdan pastrog'i soz emas
Bizchalik hech kim ishqiboz emas
Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga
Nasib qilsin talabalik hammamizga
Maqtanaylik tog'a xola ammamizga
O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar
Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar
Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar
Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda
Bo'lmasa grand asosida kiraylikda....

Sabr qiling deyishibdi sabr qiling
Sizga shubha qilganlarga jabr qiling
Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling
Duo qiling duo qiling duo qiling
Hammamiz quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
44.8K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-07-24 06:28:06
Ota-onalarimiz bizning bilim olishimiz uchun harakat qiladilar. Repititorimiz, o'quv-qurollarimiz, yaxshi kiyinishimiz uchun bizga eng yaxshilarini ravo ko'rib, o'zlarini oxirgi o'ringa qo'yadilar.

Ularning ishonchini oqlash, biz uchun shuncha kuyib-pishishlariga munosib ekanligimizni isbotlash vaqti yaqinlashyapti.

Xo'sh, siz yuzingiz yorug' bo'lishiga ishonasizmi? Imtihonlarga chin dildan tayyorlamyapsizmi? Maqsadingiz aniqmi? Shu savollarni har kuni o'zingizga bering. Ota-onangiz siz uchun ter to'kayotganini ko'z oldingizga keltiring. Shu eng kuchli motivatsiyadir.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
46.0K views03:28
Ochish/sharhlash
2023-07-23 20:11:01 #ibrat

Olima M. Kyurining ajoyib gapi bor: To‘g‘ri yo‘naltirilmagan iste’dod tentak qo‘lidagi o‘tkir boltaga o‘xshaydi. Tentak tentak-da, boltani orqa tarafi bilan urib daraxtni chopmoqchi bo‘ladi...

To‘g‘ri tanlanmagan oliygoh ham xuddi shunday: shikoforlikka talanti bo‘lgan talaba arxitekturaga o‘qishga kiradi va o‘z kasbining o‘rtamiyonasi bo‘lib qolib ketadi.

Tanlovda adashmang, do'stim!


Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
44.9K views17:11
Ochish/sharhlash
2023-07-23 17:47:16 Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
45.9K views14:47
Ochish/sharhlash
2023-07-23 16:39:16
TEKIN onlayn test DAVOM ETMOQDA!

Soat 23:50 gacha vaqtingiz bor!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Bugun yakshanba, 23-iyul kuni Oliygoh.uz va Namangan Xalqaro Universiteti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 57-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Test vaqti: 23-iyul
(09:00 dan 23:59 gacha)
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

Namangan Xalqaro Universiteti - 8 ta yo'nalish bo'yicha 210 ta grantga o'rniga ega, xususiylar orasida eng arzon kontrakt narxlarini taqdim qilayotgan oliygoh.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
43.8K views13:39
Ochish/sharhlash