Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-07-06 06:40:44 Xayrli tong, aziz Abituriyent!

Bilaman, hozir siz kutish, hayajon va, ehtimol, asabiylashish bilan to'lgan bir lahzani yashayapsiz. Lekin ishontirib aytamanki, siz oldinda turgan qiyinchiliklarni yengishga qodirsiz.

Imtihonlar yaqinlashar ekan, diqqatni jamlash va qat'iyatni saqlab qolish muhimdir. Siz o'qigan har bir sahifa, anglagan har bir tushuncha va javob bergan har bir savol sizni orzularingizga bir qadam yaqinlashtiradi.

Bu vaqt ichida asabiylik va noaniqlik his qilish tabiiy, lekin siz yolg'iz emasligingizni unutmang. Butun dunyo bo'ylab son-sanoqsiz o'quvchilar xuddi shunday yo'lni bosib o'tmoqdalar.

Imtihonlar shubhasiz muhim sanalsa-da, haqiqiy muvaffaqiyat baholar va ballar chegarasidan tashqaridaligini yodda tutish kerak. O'rganish quvonchini qabul qiling, murakkab tushunchalarni tushunishdan mamnun bo'ling va o'qituvchilar bilan aloqalaringizni qadrlang. Ta'lim faqat maqsadga erishish vositasi emas; bu bizni shaxs sifatida shakllantiradigan umrbod sayohatdir.

Oldinda turgan qiyinchiliklarni qabul qiling, maqsadlaringizga e'tiboringizni qarating va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqingiz sizni orzularingizni ro'yobga chiqarishga yo'naltirishiga imkon bering.

Sizga motivatsiya, aniqlik va qat'iyat bilan to'lgan kun tilayman. Kuningiz xayrli o'tsin!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
37.8K views03:40
Ochish/sharhlash
2023-07-05 17:02:13

Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?

Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.

Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimiga real vaqt rejimida so‘rov yuborilib, 5 yillik pedagogik stajga ega ekanligi tasdiqlangan abituriyentlarga ushbu yo‘nalishlarni tanlashga ruxsat beriladi.

Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
12.8K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-07-05 14:05:57
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) 2023-yil 12-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida o‘tkaziladi.

Qabulga doir yangiliklar akademiyaning rasmiy saytida berib boriladi: https://proacademy.uz Yozma imtihon (diktant) namunasi: https://uzbmb.uz/page/dictation

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
13.9K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-07-05 13:01:51
BUXORODA OSIYO XALQARO UNIVERSITETI QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI

Bakalavriat yo’nalishlari 14 ta:
Pedagogika va Psixologiya
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
Tarix
Jismoniy Madaniyat
Iqtisodiyot
Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Konchilik ishi

Magistratura yo’nalishlari 3 ta:
Pedagogika va Psixologiya
Iqtisodiyot
Boshlang’ich ta’lim

Kunduzgi, Kechki va Sirtqi taʼlim shakllari mavjud.

Batafsil ma'lumot uchun:
+998553050009

Ro’yxatdan o’tish uchun:
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz

Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74. (Mo’ljal Avtovakzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida)
15.2K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-07-05 11:11:22


5-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 181 ming 308 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 93 ming 563 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 87 ming 745 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
19.1K views08:11
Ochish/sharhlash
2023-07-05 06:41:47 #motivatsiya

Senga umid bilan qarayotgan, kelajakda yaxshi inson bo'lishingni kutayotgan, boshqa baxtli onalar singari haj safariga borishni istayotgan, onangning yagona umidi sensan, aynan sen.

Onang umid bilan qarayotgan ko'zlari, senga bo'lgan ishonchni anglatadi, sen bu ishonchni oqla.

Rizq - nasiba Allohdan. Yaxshi niyat ila ishlaringni boshla qolgani o'z - o'zidan bo'laveradi.

Umidsizlik qilma, ketishdan qo'rqma rizqing o'sha yerda bo'lsa, hech narsa seni ketkiza olmas, rizqing ayro bo'lsa, hech bir narsa seni, bir kun ushlab qololmas.

"Bekorchi" narsalarga vaqtingni sarflama, chunki ular o'z nomi bilan, foydasizligi ayon.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
29.8K views03:41
Ochish/sharhlash
2023-07-04 19:43:47
Rasman: Payshanba 6-iyul kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test tashkil etiladi!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Payshanba, 6-iyul Oliygoh.uz va Profi University hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Test vaqti: Payshanba 6-iyun
(09:00 dan 23:59 gacha)
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish
imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

Profi University - 13 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha professional kadrlar tayyorlab kelayotgan, Amerika va Koreya universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi universitet.

Test savollari PROTestim testologlari tomonidan tuzilgan!

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
41.8K views16:43
Ochish/sharhlash
2023-07-04 19:15:57 ​​#iqtibos

Abduqodir Toshqulov, sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi:

"Men 50-60 yil avvalni emas, o‘zimning abituriyentlik davrimni aytmoqchiman: 1993-yil ilk marta test joriy qilinganda, test qanday bo‘lishini tushuntirib beradigan odam bo‘lmagan. Testga kirganmiz, nima qilishni bilmaymiz. Hujjat topshirishning o‘zida juda katta mashaqqat va adolatsizlik bo‘lardi.

Termizning issig‘i 45 gradus, bir hafta hech bir sharoit yo‘q – hujjat topshirish uchun navbatda turganman. Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga topshirish uchun olib keladigan odam bo‘lmagan – otam yoshlari o‘tib, bemor holda yotoqda edilar, hozirgidek transport infratuzilmasi bo‘lmagan.

Shu tariqa TerDUga hujjat topshirganman. Kimning tanishi bo‘lsa, kontrakt hujjatisiz hujjat topshirardi, bizga o‘xshab borib qolganlarga kontrakt “blankang” bo‘lmasa, hujjatingni olmaymiz, degan shart bo‘lardi.

O‘qishga kirgandan keyin 93 ball bilan kursdoshim budjet, men 177 ball bilan kontraktda o‘qirdim, bu adolatcizlikka chidab bo‘lmaydi. Hozir ijtimoiy tarmoqlar, faollarga rahmat – kichik adolatsizliklar barham berilishiga sabab bo‘lyapsizlar. Bir yil o‘qib budjetga o‘tganmiz, bunday imkoniyat ham bor edi.

Bilimi juda kuchli sinfdoshim Toshkentga o‘qishga topshirib, *5 marta* qaytib ketgan, kira olmagan. Yaqinda shu sinfdoshimni ko‘rib hol-ahvol so‘rasam, maktabda qorovul bo‘lib ishlayotgan ekan. Jamiyat, davlat o‘sha payt shunday iqtidoridan ayrildi. Shunday qobiliyatli bolaning iste’dodi qishloqda qolib ketdi. Balki u mendan baxtlidir, ijtimoiy tarmoqlardagi negativlarga termilmas (hazil), tog‘da tinch yashayotgandir, lekin davlat bu iste’doddan ayrildi".

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
40.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-07-04 16:02:04 So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
41.7K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:46:51


Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
40.2K views08:46
Ochish/sharhlash