Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul Qabul boshla | @abituriyentuz

Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi