“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul k | Abituriyent | Axborot portali
“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul kerak faqat!
Abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda super kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).
Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.
Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.
Oʻtgan yili super-kontrakt narxlari 46 milliondan 229 million so‘mgacha boʻlgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.
1 , 2
Bu 2021-yilgi maʼlumotlar
Abituriyentlar kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A