Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat, e'lon! Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizim | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Diqqat, e'lon!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining "Kompyuter grafikasi" to'garagi "Yoz -besh tashabbus bilan soz" mavzusida tanlov e'lon qiladi.

"O'zbekiston mening nigohimda" deb nomlangan ushbu tanlovda ijod maktabining barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadilar.

Tanlov ikki yo'nalishda o'tkaziladi.

1.Tasviriy san'at
(O'zbekistonimizning diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolar, yangi bunyod etilgan inshootlar,, yurtimizdagi go'zal maskanlar va jozibali tabiatini ranglar orqali tasvirlash)

2.Kompyuter grafikada.
(Kompyuterda grafik dasturlar(coreldraw, photoshop) orqali yuqorida kursatilgan kabi o'z ijodiy ishlarini namoyish qilish)

Tanlov g'oliblari estalik sovg'alari va "Faxriy yorliq" bilan taqdirlanadilar.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi