Get Mystery Box with random crypto!

​​Tug’ruqdan keyingi depressiya Bu bola tug’ilgandan so’ng ay | Yosh onalarga maslahatlar

​​Tug’ruqdan keyingi depressiya

Bu bola tug’ilgandan so’ng ayollarda yuzaga keladigan, tushkunlik, xavotir, va o’z vazifasini bajara olmaslik bilan namoyon bo’ladigan ruhiy o’zgarishdir. Bu holat tug’ruqdan keyin ayollarning 10-15% ida uchraydi va  ushbu holat ona va bolaning sog’lig’iga salbiy ta’sir etadi. Bunga asosiy sabablar:  tug’ruq vaqtidagi og’riq, er-xotin o’rtasidagi tushunmovchilik, janjallar, qaynona-kelin munosabatlari, iqtisodiy muammolar, chaqaloqning va onaning ehtiyojlarini ta’minlay olmaslik, homiladorliklar orasidagi muddatning qisqaligi, onaning ham jismonan ham ruhan zo’riqishi, istalmagan homiladorlik.
Bunda onada chuqur qayg'u,bosh og’rishi, tez-tez ko’z yoshi to’kishlar, bolani parvarish qila olmaslik hissi, aybdorlik, vahima hurujlari, stress, holsizlik, diqqatni  jamlay olmaslik, uyqu buzilishi,jinsiy maylning pasayishi, umidsizlik hissi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta'sir qiladi

Sizda tug'ruqdan keyingi depressiya qay tarzda namoyon bo'lgan?

@Homiladorlik_davri