Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar Y
Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.73K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 238

2022-09-05 15:02:59 Koʻpgina onalarni xavotirga soladigan holat bolakaylarining tunda ko’p terlash holatidir. Albatta, bunday vaziyat juda koʻp uchraydi, bolakayni uxlatib yotqizib qoʻysangiz kiyimchasi va yotoq choyshabining terlash natijasida nam boʻlib qolganligini koʻrasiz.

Bolalarda uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi sababini aniqlash uchun avvalo ular organizmning tuzilishi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqish kerak boʻladi.

Bolalarda uyqu vaqtida koʻp terlashi: fiziologik jarayon!

Avvalo, ter ajralishi har qanday yoshdagi inson uchun normal holat ekanligi va organizm shu yoʻl bilan tana haroratini meʼyorda saqlab turishini bilib olish zarur. Bolalarda esa ter bezlari funksiyasining toʻliq ishlamasligi va termoregulyatsiya markazining yaxshi rivojlanmaganligi bois uyqu vaqtida koʻp terlash holati tez-tez uchrab turadi.
Ter bezlarining faol vazifa bajarishi bola hayotining 3-haftasidan boshlanadi. Ammo, toʻliq shakllanishi 5-6 yoshlarda roʻy beradi. Odatda tungi uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi. Bola 4 yoshdan oshgach bunday holat kamdan kam qayd etiladi.
Ter bezlarining vazifasi faqatgina organizmni sovutish emas, balki organizmda toʻplangan zaharli moddalar, toksinlarni ham ajratib tashlash kabi funksiyasi ham mavjud va bu jarayon nerv tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Uyquda ko’p terlash: patologik jarayon

Koʻpgina mutaxassislar fikricha bolalarning koʻp terlashiga quyidagilar sabab boʻladi:
Xona haroratining yuqori boʻlishi yoki ob havoning issiq boʻlishi natijasida bolaning terlashi;
Kun davomida bola emotsional holati, qoʻzgʻaluvchanligi, nerv tizimining taʼsirlanishi tungi vaqtda koʻp terlashga sabab boʻladi;
Shamollash kabi holatlarda;
Nasliy moyillik.
Koʻp ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham roʻy beradi, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:
Vitamin D yetishmovchiligi va raxit;
Apnoe;
Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar;
Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar;
Yurak-qon tomir kasalliklari;
Immun tizimidagi oʻzgarishlar.


Nima uchun bolalar aynan uyqu vaqtida ko’p terlash kuzatiladi?
Pediatrlar bu holatni quyidagicha izohlaydilar: bolalarning kunduzgi vaqtda terlashi tez bugʻlanadi, bolalar aynan kun davomida oʻzlarining asosiy energiyalarini sarflaydilar. Tungi vaqtda ham ter bezlari faol ishlab turadi ammo bola oʻzining energiyasini faol sarflamaydi, shu sababli ajralgan ter bugʻlanmaydi, aksincha organizmda toʻplanib qoladi.
Bola koʻp terlashining yana bir sababi bolakayni juda qalin matolar bilan belab tashlashdir. Koʻpgina onalar bolakaylarining sovuq qotib qolishlaridan choʻchib ularni uyqu oldidan juda qalin matolar bilan oʻraydilar yoki mavsumga mos boʻlmagan kiyimchalar kiydiradilar, natijada bolakay organizmi qizib ketadi va koʻp ter ajralishidan aziyat chekadi.

Bolakaylarning qizib ketishi va koʻp terlamasliklari uchun quyidagilarga rioya etish lozim:

Bolalar xonasida optimal harorat 18-21 gradusni tashkil etishi, namlik miqdori esa 50-60 % boʻlishi maqsadga muvofiq. Quruq havo ham ter bezlari ishini faollashtirib yuboradi.
Bolakay uxlaydigan xonani tez tez shamollatib turish zarur: kun davomida 10-20 daqiqadan 3-4 marotaba.
Bolakaylarni xona haroratiga mos holatda kiyintirish kerak. Kiyim matolari tabiiy boʻlishi va havo oʻtkazishi tavsiya etiladi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
2.7K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-09-05 15:02:58
Bolam uyqusida koʻp terlaydi. Buni sababi nimada?
#soragan_edingiz
2.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:50:07
Хеч қачон хотинни урманг

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.3K views05:50
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:38:17
Бугундан яна мактаб...

1-синфларнинг илк бор мактабга қадамини кўриш жуда ёқимли. Уйдаги эркатой, беғубор болалар мактаб ҳавосидан биринчи бор нафас олади.

Бу жараённи кузатиш ростан ҳам ўзгача мазза. Бугун шундай кун.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
9.1K views03:38
Ochish/sharhlash
2022-09-05 05:58:55
Bir yoshgacha bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
2.2K views02:58
Ochish/sharhlash
2022-09-05 05:58:55
Болада илк тишларнинг чиқиш жараёни баъзида қийинчилик билан ўтади. Бу жараёнда ота-она қуйидагиларга аҳамият бермоғи лозим:

Боланинг тиши чиқаётганда унинг организмида витамин Д етарлича бўлишини таъминлаш керак. Бунинг учун бола билан тоза ҳавода қуёш нурлари остида кўпроқ бўлиш тавсия этилади.

Боланинг тиши чиқаётганда истма чиқиши кузатилса, эмлашни амалга оширмаслик тавсия этилади. Чунки бу даврда боланинг иммунитети пасайган бўлиб, эмлашдан сўнг ноҳуш ҳолатлар вужудга келиши мумкин

Боланинг тиши чиқаётганда уни куч билан овқатлантирмалик мақсадга мувофиқ бўлади. Бола ўзи истаганича ейиши ёки фақат эмиши фойдали бўлади.

Тиши чиқаётган боланинг солаги оқиши натижасида организмидан кўп суюқлик чиқиб кетади, шунинг учун унга кўпроқ сув ичириб туриш керак.

 @Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.9K views02:58
Ochish/sharhlash
2022-09-05 05:58:55
​​​​ҲАР ҚАНДАЙ МАВСУМДА ИММУНИТЕТНИ МУСТАҲКАМЛОВЧИ ОДДИЙ РЕЦЕПТ


МАСАЛЛИҚЛАР

асал - 400 гр
лимон - 2 дона
ёнгок - 200-гр
майиз 150-гр
Бобом ва Урик коки хам кушса болади

Тайёрланиши:

Лимонни қиймалагичда майдалаб оламиз. Колганларини хам майдалаб оламиз
Тайёр бўлган масаллиққа асал қўшилади. Асал қаттиқроқ бўлса уни буғда эритиб олинг. Тайёр бўлган аралашмани музлаткичда сақлаб, ҳар тонг бир чой қошиқдан еб туриш тавсия этилади

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.8K views02:58
Ochish/sharhlash
2022-09-04 23:58:54
ТАХАЖЖУД НАМОЗИНИНГ У́КИЛИШИ

( АЁЛЛАР УЧУН )

Тунги НАФЛ НАМОЗИ вакти
Ихтиерий намоз
2 ракатдан 10 ракатгача

Хуфтондан кейин бир ухлаб уйгониш шарти бор
01:30 - 03:00

Нафл намозларининг энг афзали таҳажжуд ҳисобланади. Чунки бу намоз ҳамма ухлаб ётган вақтда ўқилгани учун риёдан узоқ, ихлосга яқин бўлади.

Термизий, Аҳмад ва Ҳоким ривоят қилган.

Тахажжуд укидингизми?

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
160 views20:58
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:27:39 Shamollagan bolani davolashda yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘lgan xatolar – shifokor tavsiyalari


Ayni kunlarda bolalar va kattalar orasida shamollash yoki grippga chalinish holatlari ko‘p uchramoqda. Hududlardagi bolalar shifoxonalarida turnaqator navbat kuzatilayotgani sir emas. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazining davolash ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari, bosh shifokor Abdumannon Abduqayumov bu holatlarda kerakli tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Shamollashdan himoya qilishning tabiiy usullari
Kuz va bahor kelishi bilan bolalar orasida shamollash holatlari ko‘paya boshlaydi. Bunga sabab havo harorati keskin o‘zgaruvchanligidir.
Bolalarni bundan himoya qilishning yo‘li – ularni mavsumga qarab kiyintirish kerak. Ularning ovqatlanishiga, ayniqsa nonushtasiga juda e'tiborli bo‘lish kerak. Vitaminga boy mahsulotlarni iste'mol qilish, gigiyenaga rioya qilish va albatta sport bilan muntazam ravishda shug‘ullantirib, chiniqtirish lozim.

Shamollash mavsumida bolada shamollash alomatlari kuzatilsa, uni 3 kungacha jamoat joylariga jo‘natmay turish tavsiya etiladi. Chunki boshqalarga ham yuqtirish ehtimoli katta bo‘ladi.

Bolalarni shamollashdan tabiiy yo‘llar bilan himoya qilish mumkin. Ularni ochiq havoda sayr qildirish, chiniqtirish, D vitamini berish kerak. Bizning hudud serquyosh o‘lka hisoblansa-da, hozir ko‘pchilikda D vitamini tanqisligi kuzatilyapti. Shuning uchun bu vitaminni muntazam iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu vitaminning D immunitetni oshirishda ta'siri katta. Shu usullar orqali immunitetni oshirish mavsumiy kasalliklardan himoyalanishda yordam beradi.
Shamollaganda isiriq tutatish allergiya qo‘zg‘atadi
Shamollagan bolalarni davolashda o‘zboshimchalik bilan chora ko‘rish, aniq natijasi bo‘lmagan usullarni qo‘llash mumkin emas.
Ko‘pincha shamollagan, grippga chalingan bemorlar bor xonada isiriq tutatish kasallik ko‘payishining oldini olish chorasi sifatida qo‘llanadi. Lekin bugungi kunda bu usul foyda bermaydi. Chunki biz iste'mol qilayotgan oziq-ovqat o‘zgargan, biz nafas olayotgan havo o‘zgargan. Ekologik omillar ta'siri, daraxtlarning kamayishi, har qadamda uchraydigan qurilishlar sabab havoda chang miqdori ko‘payishi turli allergik kasalliklar ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Bolalar orasida ham allergik xastaliklar juda ko‘p uchramoqda. Isiriq tutatish bolalarda allergiyani qo‘zg‘atishi sababli shifokorlar tomonidan bu tavsiya etilmaydi.
Antibiotiklar umuman mumkin emas
Shamollaganda ko‘pincha uy sharoitida davolanishga o‘rganganmiz. Lekin bilib-bilmasdan turib bolaga turli antibiotiklar berish yoki inʼeksiyalar qilish umuman noto‘g‘ri. Ba'zi shifokorlar ham shunday vaziyatda antibiotik qabul qilishni buyurishadi. Bu davolash chorasi noto‘g‘ri. Har bir ota-ona o‘z farzandi salomatligi uchun mas'ul va kasal bo‘lganda bola qabul qiladigan har qanday dori yoki ukolga jiddiy qarashi kerak. Shamollash 99 foiz holatlarda viruslar orqali kelib chiqadi. Gripp yoki mavsumiy virusli kasalliklarda antibiotiklar umuman mumkin emas, tavsiya etilmaydi.
Kasallikka chalinganda nima qilish kerak?
Agar bolada shamollash alomatlari kuzatilsa:
1. Agar bolada tana harorati 38,5 darajadan baland bo‘lsa, unga ibuprofen berish kerak. Bu dori vositasi nafas yo‘llaridagi yallig‘lanish holatini bartaraf etadi hamda tana haroratini pasaytiradi. 3 kundan 5 kungacha faqat shu dorini berish maqsadga muvofiq. Shu bilan birgalikda bemorning sifatli ovqatlanishiga va ko‘p suyuqlik iste'mol qilishiga e'tibor berish lozim.
2. Bemor organizmida 3 kungacha isitma chiqishi normal holat hisoblanadi. 3-5 kun orasida tana harorati 38,5 daraja bo‘lishi organizmning kasallik bilan kurashayotganini bildiradi. Bu vaqtda bemorni hech qanday antibiotik yoki boshqa vositalar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Agar bemor salomatligi shu vaqt ichida yaxshi tomonga o‘zgarmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
3. Bemorni alohidalash, xona havosini vaqti-vaqti bilan tozalab turish zarur.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
2.4K views16:27
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:27:39
Shamollagan bolani davolashda yo‘l qo‘yiladigan hatolar.
2.0K views16:27
Ochish/sharhlash