Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 165

2022-05-12 06:01:55
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Oleg Tinkov

Tinkov — rossiyalik tadbirkor. “Forbes”ning 2022-yil 5-fevral ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 608-o‘rinni egallagan.

12 yoshida birinchi biznesini boshlagan — taqchil tovarlarni O‘rta Osiyoga kelganida sotib olib, Leninsk-Kuznetskiyda sotgan.

1988-yilda Leningrad konchilik institutiga o‘qishga kirgan. Chet ellik talabalar soni ko‘p bo‘lgan ta’lim muassasasi savdo uchun keng imkoniyatlar ochgan. Oleg jinsi shimlar, kosmetika va parfyumeriya, qora ikra sota boshlagan. Keyinroq bo‘lajak rafiqasi va kursdoshlari bilan birga savdo-sotiq bilan shug‘ullangan.

U “Tinkoff Bank” asoschisi sifatida tanilgan. Bank 2006-yilda tashkil etilgan va 2022-yil yanvar holatiga ko'ra Rossiya banklari orasida aktivlari bo‘yicha 13-o‘rinni, o‘z kapitali bo‘yicha 12-o‘rinni egallagan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-12 05:29:01
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.5K views02:29
Ochish/sharhlash
2022-05-12 05:15:11 Assalomu alaykum!
Bugun 12-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 132-kuni.
Yil yakuniga 233 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro hamshiralar kuni
Butunjahon obyektlarni boshqarish kuni
Serbiyada temir yo‘l xodimi kuni
Tojikistonda Shoshmaqom kuni
Rossiyada ekologik ta’lim kuni

VOQEALAR:

1364-yil — Polshaning Krakov shahrida Yevropadagi eng qadimiy o‘quv dargohlaridan biri Yagellonskiy universiteti ochildi.
1551-yil — Limada Amerika qit’asidagi ilk oliy o‘quv yurti — San-Markos universitetiga asos solindi.
1918-yil — Oʻzbekiston Milliy Universiteti tashkil topdi.
1930-yil — OʻzSSR Ichki ishlar komissarligining gazetasi ilk bor nashrdan chiqdi.
1992-yil — Oʻzbek davlat jahon tillari universiteti tashkil topdi.
1993-yil — Qirgʻiziston milliy valyutasiga ega boʻldi.

TAVALLUDLAR:

1803-yil — Yustus fon Libix — nemis kimyogari, ilmiy maktab asoschisi, agrokimyo asoschilaridan biri.
1823-yil — Jon Rassel Xaynd — ingliz astronomi, 10 ta asteroid, 2 ta kometa, bir nechta yulduzlarni kashf etgan olim.
1874-yil — Yakov Gakkel — rus va sobiq ittifoq muhandisi, samolyotlar va teplovozlar yaratuvchisi.
1874-yil — Klemens Pirke — avstriyalik pediatr, sil kasalligini aniqlash uchun teri testini ishlab chiqqan (Pirke reaktsiyasi) olim.
1895-yil — Uilyam Jiok — amerikalik fizik-kimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-12 05:01:28
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.0K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-05-11 11:15:59
Xitoylik taniqli aktyor, rejissor, kaskadyor va ssenariynavis Jeki Channing hozirgi ayrim yoshlar haqida fikri.

U o‘zining o‘g‘li misolida intervyudagi savollarga javob bergan.


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.5K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-05-11 10:09:10 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“O‘tmishdan kelgan boylik sirlari”. Turfa insonlar hayoti, ularning fe’l-atvori, donishmangligini o‘zida jamlagan mazkur kitob o‘tmish qaridan so‘zlasa-da, bugungi kun uchun ham qimmatli ahamiyatga ega.

Mazkur kitob orqali moliyaviy dunyoning o‘ziga xos qonunlarini bilib olib, hikmatlar mag‘zini chaqasiz.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.8K views07:09
Ochish/sharhlash
2022-05-11 06:00:32
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Krik Kirkoryan

AQSHda arman immigrantlari oilasida tug‘ilgan Krik 9 yoshidan mehnat qila boshlagan. 8-sinfdan so‘ng ota-onasiga yordam berish uchun maktabni tashlab, avtomexanika va boks bo‘yicha faoliyat yuritgan. Ko‘p o‘tmay, o‘rta vazn toifasida mahalliy chempionga aylangan.

1935-yilgacha kichik biznes bilan shug‘ullangan. 1939-yilda esa aviatsiyaga qiziqa boshlagan. Britaniya harbiy-havo kuchlaridagi bor-yo‘g‘i 2,5 yillik xizmat davomida 33 ta samolyotni Yevropaga olib chiqqan.

50 ga yaqin reyslarni amalga oshirib, har biri uchun 1000 dollardan olgan. Keyinchalik bu pul yangi biznes — samolyot savdosi uchun boshlang‘ich kapital bo‘lib xizmat qilgan. Krik charter aviakompaniyalarni ochib, o‘sha paytda ushbu biznes yo‘nalishidagi “ota”lardan biriga aylangan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.5K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-11 05:30:36
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
5.0K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-11 05:15:06 Assalomu alaykum!
Bugun 11-may, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 131-kuni.
Yil yakuniga 234 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Hindistonda texnologiyalar kuni
Laosda Konstitutsiya kuni
Indoneziyada harbiy politsiya kuni
AQSHda kotiblar kuni

VOQEALAR:

1916-yil — Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini e’lon qildi.
1920-yil — Oksford universiteti Kengashi xotin-qizlar uchun ta’lim olish imkonini berdi.
1928-yil — Nyu-Yorkda dunyodagi ilk muntazam teleko‘rsatuvni ishga tushirdi.
1996-yil — Shahrisabzda “Buyuk Temur, tabiat va inson” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2000-yil — Hindistonning milliardinchi fuqarosi Asta Arora shahrida dunyoga keldi.

TAVALLUDLAR:

1854-yil — Ottmar Mergentaler — linotip tipografiya dastgohi ixtirochisi.
1889-yil — Uolter Xaas — amerikalik tadbirkor, “Levi Strauss & Co” kompaniyasi asoschisi.
1916-yil — Kamilo Xose Sela — ispan yozuvchisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1918-yil — Richard Feynman — amerikalik nazariy fizik, kvant elektrodinamikasi asoschilaridan biri, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1946-yil — Tesha Mo‘minov — aktyor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
1956-yil — G‘aybulla Xojiyev — aktyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga artist.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-11 05:00:48
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.2K views02:00
Ochish/sharhlash