Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Krik | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Krik Kirkoryan

AQSHda arman immigrantlari oilasida tug‘ilgan Krik 9 yoshidan mehnat qila boshlagan. 8-sinfdan so‘ng ota-onasiga yordam berish uchun maktabni tashlab, avtomexanika va boks bo‘yicha faoliyat yuritgan. Ko‘p o‘tmay, o‘rta vazn toifasida mahalliy chempionga aylangan.

1935-yilgacha kichik biznes bilan shug‘ullangan. 1939-yilda esa aviatsiyaga qiziqa boshlagan. Britaniya harbiy-havo kuchlaridagi bor-yo‘g‘i 2,5 yillik xizmat davomida 33 ta samolyotni Yevropaga olib chiqqan.

50 ga yaqin reyslarni amalga oshirib, har biri uchun 1000 dollardan olgan. Keyinchalik bu pul yangi biznes — samolyot savdosi uchun boshlang‘ich kapital bo‘lib xizmat qilgan. Krik charter aviakompaniyalarni ochib, o‘sha paytda ushbu biznes yo‘nalishidagi “ota”lardan biriga aylangan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation