Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Oleg | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Oleg Tinkov

Tinkov — rossiyalik tadbirkor. “Forbes”ning 2022-yil 5-fevral ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 608-o‘rinni egallagan.

12 yoshida birinchi biznesini boshlagan — taqchil tovarlarni O‘rta Osiyoga kelganida sotib olib, Leninsk-Kuznetskiyda sotgan.

1988-yilda Leningrad konchilik institutiga o‘qishga kirgan. Chet ellik talabalar soni ko‘p bo‘lgan ta’lim muassasasi savdo uchun keng imkoniyatlar ochgan. Oleg jinsi shimlar, kosmetika va parfyumeriya, qora ikra sota boshlagan. Keyinroq bo‘lajak rafiqasi va kursdoshlari bilan birga savdo-sotiq bilan shug‘ullangan.

U “Tinkoff Bank” asoschisi sifatida tanilgan. Bank 2006-yilda tashkil etilgan va 2022-yil yanvar holatiga ko'ra Rossiya banklari orasida aktivlari bo‘yicha 13-o‘rinni, o‘z kapitali bo‘yicha 12-o‘rinni egallagan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation