Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 167

2022-05-01 22:00:19
Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! Sizlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining eng aziz bayrami — Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Mehnatsevar, bunyodkor xalqimizga mustahkam sogʻliq, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlariga fayz-baraka, ezgu ishlarida omad tilab qolman.

Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!

Yaratganning neʼmatlari ziyoda boʻlayotgan ushbu ayyomda mamlakatimiz fuqarolarini va mehmonlarini yana bir bor qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor boʻlsin, deb qolaman.

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Kanalga ulaning:
t.me/XayrullaSattarov
t.me/ykfoundation
1.6K views19:00
Ochish/sharhlash
2022-05-01 06:01:23
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Melih Aldulhayo‘g‘lu

Turkiyalik mashhur tadbirkor Melih Abdulhayo‘g‘lu birinchi pulini 1989-yilda 5 ming funt sterling miqdoridagi patent yutib olgan paytida ishlab topgan. Patent olishiga sababchi bo‘lgan ixtirosi — bir vaqtning o‘zida bir nechta tillarga tarjima qilishga qodir klaviatura tezda ommalshib ketgan.

Tadbirkor 1998-yilda Buyuk Britaniyada veb-saytlar uchun SSL sertifikatlari kabi raqamli xavfsizlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Comodo” kompaniyasiga asos solgan. 2004-yilda esa o‘z biznesini Nyu-Jersiga ko‘chirgan.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Abdulhayo‘g‘lu boshqa bir kompaniya — aqlli uylarni avtomatlashtirish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi “eZLO” kompaniyasini tashkil etgan. 2011-yilda “Info Security products guide” jurnali uni “Yilning eng yaxshi tadbirkori” deb topgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.0K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-01 05:31:04
Hayotiy iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.9K views02:31
Ochish/sharhlash
2022-05-01 05:15:05 Assalomu alaykum!
Bugun 1-may, Yakshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 121-kuni.
Yil yakuniga 243 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro mehnatkashlar kuni
Qozog‘istonda xalq birligi kuni
AQShda bolalar salomatligi kuni
Argentinada Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1840-yil — Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
1884-yil — Chikagoda birinchi osmono‘par bino — 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
1885-yil — Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
1899-yil — Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
1912-yil — Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.

TAVALLUDLAR:

1672-yil — Jozef Addison — ingliz publitsisti, dramaturg, shoir, siyosatchi, o‘qituvchi, ingliz jurnalistikasi asoschilaridan biri.
1764-yil — Benjamin Latrob — ingliz-amerikalik me‘mor, Kapitoliy binosining asosiy dizayneri.
1852-yil — Santiago Ramon-i-Kaxal — ispaniyalik fiziolog, gistolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1881-yil — Pyer Teyyar de Sharden — fransiyalik ruhoniy, ilohiyotshunos, faylasuf, biolog, antropolog, geolog, arxeolog, paleontolog, sinantrop odamni kashf etgan olim.
1968-yil — Oliver Birxoff — nemis futbolchisi, Yevropa chempioni.
1973-yil — Oliver Nyovill — nemis futbolchisi, Yevropa va Jahon kubogining kumush medal sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-01 05:01:12
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-04-30 19:31:41
Gʻoyangiz bor, ammo uni amalga oshirishga mablag‘ yetmayabdimi?!

Agar siz yosh tadbirkor, kichik biznes egasi yoki faol startapchi boʻlsangiz, rivojlangan 21 ta davlatlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mukofot jamgʻarmasi $100.000 boʻlgan “Unicorns SCO” startaplar tanlovi aynan siz uchun.

Siz ham oʻz loyihangiz bilan ishtirok eting va 10 ta gʻolibdan biriga aylanib, loyihangiz uchun $10.000 investitsiya jalb qiling.

Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

www.unicorns.uz

Telegram | Instagram


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.1K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-04-30 17:34:37 Rasman: Ramazon hayiti 2-mayga to‘g‘ri keladi

Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi — Prezident qarori.

Shuningdek, 3-4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.0K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2022-04-30 14:25:36 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Barakaning siri”: Baraka — sirli va ilohiy holat. U ko‘zga ko‘rinmaydi, qo‘lda tutib bo‘lmaydi. Barakani faqat his etish mumkin.

Ushbu kitobda barakaning siri, unga yetkazuvchi omillar xususida fikr yuritiladi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.5K views11:25
Ochish/sharhlash
2022-04-30 12:06:53
#QimmatgaTushganXatolar #Maslahat

Dekos.uz va MFaktor asoschisi Hasan Mamasaidovning qimmatga tushgan xatolari


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views09:06
Ochish/sharhlash
2022-04-30 11:50:20
Tasodifan qilingan ilmiy kashfiyot: Mikroto‘lqinli pech

Amerikalik muhandis Persi Spenser mikroto‘lqinli pechning ixtirochisi hisoblanadi. 1945-yilda u havo, dengiz va yerdagi obyektlarni aniqlovchi radarlar tizimi yaratish bilan bog‘liq loyiha ustida ishlagan va ma’lum bir muddat mikroto‘lqinli nurlanish yaratish qobiliyatiga ega magnitron moddasi bilan ishlashiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu jarayon paytida cho‘ntagidagi shokolad butunlay erib ketganini ko‘rib hayron qolgan. Muhandis mikroto‘lqinli radiatsiya ovqatni isitishga qodir ekanligini tushunib olgan.

O‘sha yili Spenser ishlagan "Raytheon Corporation" korxonasi dunyodagi birinchi mikroto‘lqinli pechni patentlagan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.9K views08:50
Ochish/sharhlash