Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.05K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 155

2022-06-04 09:59:07
So'm ramzi sizga yoqdimi?
Anonymous Poll
29%
Ha, albatta
41%
Yo'q, umuman yoqmadi
24%
Hech qanday ma'no tushunmadim
7%
Menga farqi yo'q
408 voters1.4K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-06-04 09:58:49
O‘zbekiston milliy valyutasi – “so‘m”ning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida ushbu grafik belgi (rasmda) tanlab olindi.

Jumagaldiyev Sarvar ismli grafik dizayner tanlovda g‘olib boʻlib 15 000 000 (o‘n besh million) so‘m miqdorida pul mukofotiga ega chiqdi.


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.4K views06:58
Ochish/sharhlash
2022-06-04 06:01:28
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Alina Mors

Alina Mishel Obamaning taklifiga binoan ikki marta Oq uyga tashrif buyurgan. Oq uyda bo‘lib o‘tgan «White House Easter Egg Roll» Pasxa bayramida esa 7 yoshida otasi bilan birga yaratgan “Zollipops” konfetlarini namoyish qilgan.

Biznesni boshlashda Alinaning sarmoyasi bor-yo‘g‘i 7500 dollarni tashkil etgan. Bu pullarni unga bobosi va buvisi bergan. Hozir uning konfetlari “Whole Foods” va “SuperValu” do‘konlarida, shuningdek, “Amazon”da sotiladi.

Qizaloqning kompaniyasi “Zollipops”dan tashqari, “Zolli Drops” nomli shakarsiz va glyutensiz yalpizli konfetlarni ham ishlab chiqaradi. Sotuvdan tushgan daromadning 10 foizi esa maktablarda o‘quv ishlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ajratiladi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.5K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-06-04 05:31:05
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.5K views02:31
Ochish/sharhlash
2022-06-04 05:00:47
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
35 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-06-03 17:18:38 Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasidagi motivatsion treninglar o‘z ishini boshladi.

Unda ko‘p yillik tajribaga ega xorijlik va mahalliy tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berilmoqda.

Yoshlar esa biznes borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishyapti.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
805 views14:18
Ochish/sharhlash
2022-06-03 15:14:12 Avval xabar berganimizdek Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasidagi mahoratli tadbirkorlar ishtirokida treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov, tashkil etilgan treninglar haqida jonli efirda fikr bildirdi.

#Yoshliderlarforumi #Yoshlarkelajagimiz

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.1K views12:14
Ochish/sharhlash
2022-06-03 13:04:06 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Qanday qilib o‘ziga ishonish va nutq so‘zlash orqali odamlar qalbiga kirib borish mumkin”. Deyl Karnegining ushbu kitobida muvaffaqiyat qozonish uchun inson avvalo o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksaltirishi lozimligi haqida so‘z boradi. Kitob muallifi o‘quvchi bilan dildan suhbatlashgan holda notiqlik san’ati borasidagi o‘z tajribalari va kuzatishlarini o‘rtoqlashadi.

Shuningdek, Deyl Karnegi uchun o‘ziga xos bo‘lgan uslub — mashhurlarning hayoti, ularning izlanishlari va toliblik sirini sinchiklab o‘rganadi hamda o‘z xulosalarini kitobxonga taqdim etadi. Mashhur ruhshunosning navbatdagi maslahatlari naqakat notiqlar uchun, balki o‘zini hurmat kilgan har bir inson uchun foydali va zarur deb o‘ylaymiz.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.2K views10:04
Ochish/sharhlash
2022-06-03 12:16:46 Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mazkur “Yosh liderlar forumi” 2018-yildan buyon turizmni rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi.

Shu kunga qadar ushbu forum Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan.

Forumda ilk marotaba Buxoro shahri “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” deb tantanali ravishda e’lon qilinishi, Yoshlar markazida esa “Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti va “Turkiy dunyo yoshlari bog‘i” ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

VIDEO

#Yoshliderlarforumi #Yoshlarkelajagimiz

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.4K views09:16
Ochish/sharhlash
2022-06-03 10:47:33 Ayni damda Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu jarayonni Telegram guruhimiz orqali jonli tomosha qiling:
➥ https://t.me/yoshlarkelajagimiz_group?livestream

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.1K views07:47
Ochish/sharhlash