Get Mystery Box with random crypto!

So'nggi qo'ng'iroq Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

So'nggi qo'ng'iroq

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo'lladi:

Qadrli maktab bitiruvchilari!

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan har biri el-yurtimizning mehri va e’tiborida bo‘ladi.

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.

Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.

Doimo sog‘-omon bo‘ling!
Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang!

Shavkat Mirziyoyev, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation