Get Mystery Box with random crypto!

Xususiy oliygohlar | INFO

Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO X
Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO
Kanal manzili: @xususiy_oliygohlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.96K
Kanalning ta’rifi

🔥 Reklama: t.me/Click_Edu/6
🔎 O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar
🗺️ Manzillari
🎓 Yo'nalishlari
💰 Kontrakt narxlari
🔥 Qulayliklari va boshqalar
Ro'yxat: t.me/xususiy_oliygohlar/141

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-07-19 10:15:30 Endi nodavlat va xorijiy OTMlarga ham qabul yilda bir marotaba (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) bo‘ladi

Prezidenti farmoni bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) amalga oshiriladi.

Bunda, zarur hollarda, oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga bir o‘quv yilida ikkinchi marta qabul qilishga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifiga asosan Davlat komissiyasi tomonidan ruxsat etilganda yo‘l qo‘yiladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
11.2K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-07-18 19:48:33 Davlat oliygohlariga hujjat topshirgan abituriyentlar 800.000 nafarga yaqinlashib qoldi

Deyarli 100.000 nafarini Qashqadaryoliklar tashkil etmoqda.

18-iyul 20:00 holatiga ko'ra, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 791 988 nafar bo'ldi.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

Qashqadaryo viloyati — 92 941 nafar;
Samarqand viloyati — 89 689 nafar;
Farg‘ona viloyati — 75 073 nafar;
Toshkent viloyati — 68 962 nafar;
Surxondaryo viloyati — 65 129 nafar.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
12.5K viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2023-07-17 18:55:25
transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ma’lumot uchun, xorijdagi yoki respublikamizdagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
13.3K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2023-07-17 16:26:52Buxoroda nechta xususiy oliygohlar bor?

Buxoro viloyatidagi litsenziyaga ega 6 ta xususiy oliygohlar va ulardagi yo'nalishlar, kontrakt narxlari (kunduzgi) haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz:

. Turon Zarmed universiteti

Iqtisodiyot - 17 mln
Pedagogika va psixologiya - 17 mln
Boshlang‘ich ta’lim - 17 mln
Maktabgacha ta’lim - 17 mln
Tarix - 17 mln
Sport - 17 mln
Ingliz tili va adabiyoti - 17 mln
Rus tili va adabiyoti - 17 mln
Davolash ishi - 27 mln.

. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti

Iqtisodiyot - 11 mln
O’zbek tili va adabiyoti - 11 mln
Boshlangʻich taʼlim - 11 mln
Maktabgacha taʼlim - 11 mln
Psixologiya - 11 mln
Tarix - 11 mln
Musiqa ta’limi - 11 mln
Boshlang’ich ta’limda xorijiy til
Ingliz tili va adabiyoti - 11 mln

. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti

Davolash ishi - 30 mln
Stomatologiya - 30 mln

. Osiyo xalqaro universiteti

Pedagogika va Psixologiya - 17 mln
Boshlang'ich ta'lim - 17 mln
Maktabgacha ta'lim - 17 mln
Filologiya tillarni o'qitish - 17 mln
Tarix - 17 mln
Jismoniy Madaniyat - 17 mln
Iqtisodiyot - 17 mln
Moliya - 17 mln
Davolash ishi - 26 mln
Stomatologiya - 26 mln
Farmatsiya - 26 mln
Kompyuter va dasturlash - 18 mln
Konchilik ishi - 18 mln

. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti

Maktabgacha taʼlim - 14 mln
Boshlangʻich taʼlim - 14 mln
Tarix - 14 mln
Musiqa ta'limi - 14 mln
O'zbek tili va adabiyoti - 14 mln
Ingliz tili va adabiyoti - 14 mln
Jismoniy madaniyat - 14 mln
Iqtisodiyot - 14 mln

. Buxoro innovatsiyalar universiteti

Maktabgacha ta'lim - 16 mln
Boshlang'ich ta'lim - 16 mln
Jismoniy madaniyat - 16 mln
Amaliy matematika - 16 mln
Iqtisodiyot - 17 mln
O'zga tilli guruhlarda rus tili- 16 mln
Defektologiya - 16 mln
Psixologiya - 16 mln
Transport logistikasi - 17 mln

Buxoroliklarga tarqatib qo'ying!

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
13.6K views13:26
Ochish/sharhlash
2023-07-16 19:55:22 Nodavlat va xorijiy oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirsa bo'ladimi? 

Ha, albatta!

Ushbu faylda oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun turdosh va noturdosh yoʻnalishlar roʻyxati bor. Bir guruhda boʻlsa turdosh har xil guruhlarda boʻlsa noturdosh boʻladi.

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni ikki xil usulda koʻchirish mumkin:

. Imtihon asosida – mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchira olasiz;
. Imtihonsiz – noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga oshirilgan kontrakt asosida oʻqishni koʻchirishingiz mumkin.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
14.0K views16:55
Ochish/sharhlash
2023-07-15 07:31:57Rasman: bugundan "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli  transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
17.1K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2023-07-13 10:41:34Qashqadaryoda nechta xususiy oliygoh bor?

Qashqadaryo viloyatidagi litsenziyaga ega 4 ta xususiy oliygohlar va ulardagi yo'nalishlar, kontrakt narxlari (kunduzgi) haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz:

. Qarshi xalqaro universiteti

Iqtisod - 22 mln;
Neft va gaz ishi - 22 mln;
Boshlang'ich ta'lim - 18 mln;
Maktabgacha ta'lim - 18 mln;
Milliy g'oya, ma'naviyat - 15 mln.

. Xalqaro innovatsion universiteti

Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va audit
Moliya va moliyaviy texnologiya
Filologiya va tillarni o'qitish - 13.8 mln;
Pedagogika va psixologiya - 12.9 mln;
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim

. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Iqtisodiyot - 19 mln;
Neft va gaz ishi - 19 mln;
Boshlang'ich ta'lim - 16 mln.

. Qarshi innovatsion ta'lim universiteti

Kompyuter injenering - 15 mln;
Iqtisodiyot - 14 mln;
Xorijiy tillar (ingliz tili) - 12 mln;
Rus tili - 12 mln;
Tarix - 11 mln
Boshlang'ich ta'lim - 11 mln;
Maktabgacha ta'lim - 11 mln;

Qashqadaryoliklarga tarqatib qo'ying!

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
21.5K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-07-11 22:02:23
Soxta universitetdan ogoh bo'ling!

"At-Termiziy nomidagi xalqaro universitet"ga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi telegram botiga fuqarolar tomonidan  “Surxondaryo viloyatidagi At-Termiziy berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinadimi?” kabi savollar kelib tushmoqda.

Mazkur tashkilot nodavlat oliy ta’lim xizmatlari faoliyatini boshlash maqsadida Maxsus elektron tizim orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga murojaat qilmagan va litsenziyaga ega emas.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
25.6K viewsedited  19:02
Ochish/sharhlash
2023-07-11 14:28:01
Chet elda o'qimoqchi bo'lganlarga maslahat

Ta'lim borasidagi o'zgarishlar yoshlarning ilmga bo'lgan talabini yanada oshirmoqda. Ularning orasida chet el oliygohlarida o'qishni xohlayotganlari avvalgidan ancha ko'paydi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

IDP IELTS imtihonini O'zbekistonga olib kelgan tadbirkor Umidjon Ishmukhamedov tomonidan chet elda o'gimoqchi bo'lgan yoshlarga va ularning ota-onalariga o'z tajribalaridan kelib chiqib bergan foydali maslahatlari

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
21.3K viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2023-07-11 10:12:14
Bu ketishda kelasi yildan davlat oliygohlariga hujjat topshirishni bepul qilishadi

Qabul tugashiga 9 kun qoldi. Prognoz bo'yicha 1 mln 260 ming abituriyentlar hujjat topshirishi kutilayotgan edi. Bu prognozchi mutaxassisni ishdan bo'shatsa ham bo'ladi. Xususiy oliygohlarning imkoniyatlarini inobatga olmagan ko'rinadi.

11-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, davlat oliygohlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 380 ming 430 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 190 ming 195 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 190 ming 235 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Eslatma: hujjatlar 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@Xususiy_oliygohlar
23.7K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash