Get Mystery Box with random crypto!

Soxta universitetdan ogoh bo'ling! 'At-Termiziy nomidagi xa | Xususiy oliygohlar | INFO

Soxta universitetdan ogoh bo'ling!

"At-Termiziy nomidagi xalqaro universitet"ga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi telegram botiga fuqarolar tomonidan  “Surxondaryo viloyatidagi At-Termiziy berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinadimi?” kabi savollar kelib tushmoqda.

Mazkur tashkilot nodavlat oliy ta’lim xizmatlari faoliyatini boshlash maqsadida Maxsus elektron tizim orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga murojaat qilmagan va litsenziyaga ega emas.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal