Get Mystery Box with random crypto!

Xususiy oliygohlar | INFO

Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO X
Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO
Kanal manzili: @xususiy_oliygohlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.96K
Kanalning ta’rifi

🔥 Reklama: t.me/Click_Edu/6
🔎 O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar
🗺️ Manzillari
🎓 Yo'nalishlari
💰 Kontrakt narxlari
🔥 Qulayliklari va boshqalar
Ro'yxat: t.me/xususiy_oliygohlar/141

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-08-22 06:01:48
UZBMB (DTM) ball bilan talaba bo‘ling!

Alfraganus universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Universitetning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (shulardan 5 tasi tibbiyot sohasiga oid) bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllaridan birida o‘zbek yoki rus tilida ta’lim olish uchun hujjat topshiring.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

O‘qishingizni boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ko‘chirish hamda UZBMB (DTM) ball bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.

Hujjat topshirish:
O’qishga kirish uchun
O‘qishni ko‘chirish uchun
Magistratura uchun
DTM ball bilan hujjat topshirish

Murojaat uchun:
+99878 122 75 57 | @Alfraganus_callcenter

Lokatsiya

Litsenziya (№034974, 12.08.2022-y)

Telegram |
16.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-08-21 22:08:04 MANDAT CHIQDI

Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

Quyidagi Telegram botlardan:

@edtm_mandatbot
@edtm_mandat1bot
@edtm_mandat2bot
@edtm_mandat3bot
@edtm_mandat4bot
@DTMStat_Bot

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
23.7K views19:08
Ochish/sharhlash
2023-07-24 12:28:15 Bizga koʻproq huquqshunoslar kerak.

Biz rostan ham Yangi Oʻzbekiston qurmoqchi boʻlsak, xususiy universitetlarga ham huquqshunoslik yoʻnalishini ochishga ruxsat berishimiz kerak. Aslida xalq qanchalik huquqiy savodxon boʻlsa, qanchalik oʻz haqqini talab qila olsa, shunchalik davlat ham, xalq ham rivojlanib boraveradi.

Karimov davrida davlat universitetlaridagi huquqshunoslik fakultetlari ham yopildi, faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetiga huquqshunoslarni tayyorlash boʻyicha monopol huquq berildi.

Xususiy universitetlar haqida biror bir soʻz aytish ham mumkin emas edi. Mirziyoyev davrida xususiy taʼlimga keng yoʻl ochildi. Men ikki hukumat davrida ham biznes qilganman va ikkalasini solishtirish uchun oʻzimdan yaxshiroq misol keltira olmayman.

Masalan, Karimov davrida oddiy oʻquv markazga litsenziya olish uchun yillab sarson boʻlganman, oʻzimdan oʻtganini oʻzim bilaman. Lekin Mirziyoyev davrida xususiy taʼlim juda tez rivojlanishni boshladi. Xususiy oliygohlar esa kundan-kunga koʻpayib taʼlim bozorida chinakam raqobat paydo qilishni boshladi.

Lekin mana shu joyda bitta “ammo, lekin, biroq” degan joyi bor, negadir amaldagi hukumat huquq yoʻnalishini xususiy oliygohlarga berishga shoshilmayapti, hozircha birorta ham xususiy oliygohda huquq yoʻnalishi yoʻq. Balki bu yoʻnalishni xususiyga berishdan chuchiyotgan boʻlishi mumkin.

Negaligini bilmayman, ammo bu gʻirt absurd. Bizga koʻproq huquqshunoslar kerak, aholi ham, davlatning oʻzi ham sifatli huquqiy xizmatga muhtoj. Mundoq oʻylab qaralsa, huquq yoʻnalishida Toshkent davlat yuridik universitetiga raqobatchi boʻla oladigan universitetning oʻzi yoʻq.

Nega yoʻq? Chunki bunga yillar davomida zamin yaratilmadi, bor fakultetlar ham yopib tashlandi, natijada faqatgina TDYUU monopoliyasi yaratildi. Monopoliya esa hamisha yomon oqibatlarga olib kelgan.

Xoʻsh, shu bilan huquqshunoslarga boʻlgan talab kamaydimi? Yoʻq, koʻpaysa, koʻpaydiki, aslo kamaymadi. Yarim chala yuristlarni pachkalab chiqarishni boshlashdi.

Yuridik universitetining 80-90 foizi prokuror boʻlaman, soqqani qilaman deydiganlar boʻlib qoldi. Natijada xalqaro darajadagi yuristlar bizdan juda kam chiqdi, deyarli chiqmadi desa ham boʻladi.

Hozirgi hukumat hatto tibbiyot sohasini ham xususiy oliygohlar uchun ochib qoʻydi, lekin huquq sohasida negadir shoshilmayapti.

Bunga ikkita sabab bor deb tahmin qilmoqdaman:

1. Hukumatda oldingi tizim kadrlari qolib ketgan va ular oʻsha tizimning taʼlimotiga koʻra huquqshunos koʻpaysa, xalq haqqini talab qilib qoladi, keyin uni boshqara olmaymiz deb oʻylashmoqda.

2. Aslida hukumat bunga hech qanday taʼqiq qoʻymagan, lekin litsenziya beruvchi organ “hozircha bermay turaylik, mobodo mumkin emas edi deb qolishsa, boshimiz ketmasin” deb oʻzlari bermay turishibdi.

Balki yana men bilmaydigan sabablari bordir, lekin hozircha shunaqa gumondaman.

P.S. Huquq yoʻnalishiga ruxsat bermaslik boʻyicha biror bir huquqiy asos yoʻq, lekin hozirgacha biror bir xususiy oliygoh bu yoʻnalishda litsenziya ololmagan. Litsenziya beruvchi organ Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tugatilgan.

Manba: Bektosh Xatamov

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
4.3K viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash
2023-07-24 08:01:30
Осиё Халқаро Университетида 2023-2024 йил қабули бошланди!

Иқтисодиёт;
Молия;
Педагогика-психология;
Бошланғич ва мактабгача таълим;
Инглиз тили;
Рус тили;
Тарих;
Кончилик иши;
Жисмоний маданият;
IT;
Даволаш иши;
Стоматология;
Фармацевтика;
Магистратурада ўқиш имконияти бор.

Ариза топшириш

Телефон: +998553050009
Манзил: Бухоро шаҳри, Ғиждувон кўчаси, 74- уй.

Сайт | Телеграм
5.6K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-07-23 07:01:57
Xususiy oliygohlarga to'lash uchun 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pulini davlatdan olish mumkinmi?

Ha, mumkin. VM-312 qarori 35-bandi va ushbu nizomning 8-ilovasiga ko‘ra quyidagi toifaga kiradigan talabalar uchun (manba):

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq  etilmaydi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
47.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-07-21 15:58:22 Xususiy oliygohlar ro'yxati - 2023

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta'lim muassasalarining yangilangan ro'yxati bilan tanishing:

1. International Digital University
2. Akfa Universiteti
3. Alfraganus Universiteti
4. Angren Universiteti
5. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
6. Axborot texnologiylari va menejment universiteti
7. British management university
8. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
9. Buxoro innovatsiyalar universiteti
10. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
11. Cambridge International University
12. Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti
13. Central Asian medical university
14. Collegium Humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali
15. Namangan Xalqaro Universiteti
16. Diplomat University
17. Xalqaro Innovatsion Universiteti
18. EMU University
19. Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
20. Farmasevtika ta'lim va tadqiqot universiteti
21. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
22. Impuls tibbiyot instituti
23. International school of finance technology and science
24. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti
25. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
26. IT-PARK University
27. Japan digital University
28. Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali
29. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti
30. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
31. Navoiy innovatsiyalar instituti
32. Nukus innovatsion instituti
33. Oriental Universiteti
34. Osiyo Xalqaro Universiteti
35. PDP University
36. Perfect University
37. Profi University
38. Qarshi innovatsion ta'lim universiteti
39. Qarshi xalqaro universiteti
40. Qo'qon universiteti
41. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
42. Renessans ta'lim universiteti
43. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
44. Sambhram university
45. Sharda university
46. Stars international university
47. Toshkent international university of education
48. Team university
49. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
50. TMC institute
51. Toshkent amaliy fanlar universiteti
52. Toshkent gumanitar fanlar universiteti
53. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
54. Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
55. Toshkent menedjment va iqtisodiyot universiteti
56. Webster university
57. Adju universiteti
58. AMITI universiteti
59. Inha universiteti
60. Puchon universiteti
61. Turin politexnika universiteti
62. Kimyo xalqaro universiteti
63. Toshkent texnologiyalari universiteti
64. Turon zarmed universiteti
65. University of business and science
66. University of economics and pedagogy
67. University of management and future technologies
68. University of science and technologies
69. Urganch innovatsion universiteti
70. Urganch ranch texnologiya universiteti
71. Urganch shahridagi  xalqaro Binary universiteti
72. Xalqaro Nordik universiteti
73. Yangi asr universitet
74. Turan International University
75. Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
76. Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
77. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
78. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
79. Turon universiteti
80. Piza University

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
10.2K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-07-20 21:05:46 8.500 nafardan ortiq talaba o'qishini davlat oliygohlariga ko'chirmoqchi

Nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 8 639 nafar talaba ariza topshirgan. (20-iyul holatiga ko'ra)

Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
10.9K viewsedited  18:05
Ochish/sharhlash
2023-07-20 16:55:07 Xususiy oliygohda bakalavrni bitirib davlat oliygohida magistraturada o'qisa bo'ladimi?

JAVOB: Albatta mumkin!

Xususiy oliygohlarning bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha, davlat oliygohlarining bakalavriatida o‘qib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin.

Bu bo'yicha huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo'q. Chunki, xususiy oliygohlar tomonidan beriladigan diplomlar davlat oliygohlariniki kabi bir xil yuridik maqomga ega.

Eslatib o'tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta'lim muassasalarining diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
11.6K views13:55
Ochish/sharhlash
2023-07-20 10:12:55 Кейинги йилми ёки жорий йилми?

Маълумки, Президент фармони билан республикада фаолият юритувчи давлат, нодавлат ва хорижий олий таълим ташкилотлари ҳамда уларнинг филиаллари бакалавриати ва магистратурасига қабул бир ўқув йилида бир марта амалга оширилиши белгиланди. Унга кўра қабул бир ўқув йилида бир марта (июнь — сентябрь ойлари оралиғида) амалга оширилади.

——-
Энди шартли равишда нодавлат олийгоҳ раҳбарлари ва қабул бўлимлари томондан менга бир қанча саволлар келиб тушмоқда.

1. Бу фармон ҳуқуқий жиҳатдан тўғрими ёки йўқми?

Ҳуқуқий жиҳатдан нотўғри, чунки “Таълим тўғрисидаги” қонунга кўра (38-модда. Таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш.) нодавлат таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш тартиби ушбу таълим ташкилотлари томонидан белгиланади.

Энди бу норматив-ҳуқуқий ҳужжат қонун ҳисобланади.

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг турлари қуйидагилардан иборат:

1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси;

2. Ўзбекистон Республикасининг қонунлари;

3. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг қарорлари;

4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари ва қарорлари;

5. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари;

6. вазирликлар, давлат қўмиталари ва идораларнинг буйруқлари ҳамда қарорлари;

7. маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг қарорлари.

Кўриб турганимиздек Президент фармони қонундан устувор эмас, қонун нодавлат таълим ташкилотлари ўзи белгилайди деса, президент июнь-сентябрь ойларида бўлади деса, қонун устувор мавқега эга бўлади.

——-

2. Бу фармон шу йилдан ишлайдими ёки кейинги йилдан?

Энди мана шу жойда яна бир бор “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисидаги” қонуннинг 40-моддасига мурожаат қиламиз. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг кучга кириши

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар, агар ҳужжатларнинг ўзида кечроқ муддат кўрсатилмаган бўлса, расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

Тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш тартиб-таомили мураккаблаштирилишини ва тадбиркорлик фаолияти субъектлари зиммасига янги мажбуриятлар юклатилишини назарда тутадиган, шунингдек уларнинг жавобгарлигига оид янги чораларни белгилайдиган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар расмий эълон қилинган кундан эътиборан камида уч ойдан кейин кучга киради.

Бу нима дегани?

Президент фармонида муддат кўрсатилмаган, демак у қабул қилинган санадан кучга киради, лекин тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш тартиб-таомили мураккаблаштирилишини ва тадбиркорлик фаолияти субъектлари зиммасига янги мажбуриятлар юклатилишини назарда тутадиган норматив-ҳуқуқий ҳужжат бўлгани учун уч ойдан кейин кучга киради.

Бу эса жорий йилнинг 3-октябрь санасига қадар бемалол вақт бор дегани, яъни бу йилги қабулларни 2023-йил 3-октябрь куни (шу куни ҳам) амалга ошириш мумкин.

Ҳуқуқий жиҳатдан эса 3-октябрь санасидан кейин қабул қилиниш ҳолатини ҳам судда тортишса бўлади, чунки ҳужжатнинг устуворлик позиция бўйича президент фармони қонундан пастроқ, бунда эса устувор бўлган қонун амал қилади.

@bektoshkhatamov
11.3K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-07-19 19:41:10
Oliy ta'lim dargohidan ko'p narsa kutvormang
- Muhammadali Eshonqulov

Abituriyentlarga yuborib qo'ying!

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
10.5K viewsedited  16:41
Ochish/sharhlash