Get Mystery Box with random crypto!

Xususiy oliygohlar | INFO

Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO X
Telegram kanalining logotibi xususiy_oliygohlar — Xususiy oliygohlar | INFO
Kanal manzili: @xususiy_oliygohlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.96K
Kanalning ta’rifi

🔥 Reklama: t.me/Click_Edu/6
🔎 O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar
🗺️ Manzillari
🎓 Yo'nalishlari
💰 Kontrakt narxlari
🔥 Qulayliklari va boshqalar
Ro'yxat: t.me/xususiy_oliygohlar/141

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-06-06 13:04:32
Diqqat: Bugun kirish imtihonlari andozasidagi onlayn test tashkil etiladi!

Kim grantga kiradi, kim kontraktga?
Aniqlashga tayyormisiz?
Siz uchun blokli original testlar tayyorlab qo'yildi!

Barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart, qatnasha olmaganlar uchun test savollarini PDF formatini yuklab olish imkoniyati mavjud.

Test vaqti: 7-iyun (20:00)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
1.1M viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2023-06-05 11:20:27
Xususiy oliygohlarning diplomi O'zbekistonda o'tadimi?

Yurtimizda 210 ta oliygoh bor

Ma'lumotlarga ko'ra, Oʻzbekistonda hozirda 210 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Universitet — 36 ta;
Institut — 48 ta;
Akademiya — 5 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 24 ta;
Xorijiy OTM va filiallari — 30 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 66 ta.

Eslatma: Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
20.9K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-06-03 11:02:58 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
13.3K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2023-06-02 21:15:39
Nega xususiy oliygohlarga yurispridensiya yo'nalishi ochishga litsenziya berilmaydi?

Xususiy ta'lim sohasi mutaxassisi, ijtimoiy faol tadbirkor – Bektosh Hotamov nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha litsenziya mavjud emasligi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.

Raqobatdan qo'rqishmi bu?

O'rinli savollarni o'rtaga tashlamoqda. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya yo'nalishida talabalar sirtqi, hattoki onlayn tarzda ham o'qishmoqda. Bu holatda qanday qilib sifat haqida gapirish mumkin? Xattoki, tibbiyot sohasini ham xususiyga ishonib topshirayotgan amaldorlar nega yuridik sohasini xususiyga bergisi kelmayapti?

Monopoliyami bu?!

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
15.5K viewsedited  18:15
Ochish/sharhlash
2023-06-02 09:37:56Davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobat boshlandimi?

2016-yilda O‘zbekistonda butun respublika bo‘ylab 75 ta OTM mavjud edi, bugungi kunda ularning soni 210 taga yetdi. Ularning deyarli to‘rtdan biri xalqaro oliyhohlardir. Agar oliy ta’limda raqobat rivojlansa, bu tabiiy ravishda sifat yaxshilanishiga va xizmatlar narxining pasayishiga olib kelishi kerak. Chunki bozorda taklif va tanlash imkoniyati ko‘payadi.

Oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi ham ikki baravarga oshdi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich taxminan 9% ni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik 25% ga yaqinlashdi. 2030-yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 50% ga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.

Nima uchun xususiy oliygohlar foyda olishni ustuvor maqsad qilib qo‘ymasligi kerak?

Dunyo bo‘ylab talabalarning atigi uchdan bir qismi (33%) xususiy oliy ta’limda tahsil oladi. Taxminan 70%i davlat ishtirokidagi OTMlarda o‘qiydi. Xususiy universitetlarning aksariyati, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan. Bu borada Lotin Amerikasi birinchi o‘rinda turadi, mintaqadagi deyarli 45% oliygohlar xususiy hisoblanadi.
Braziliyada talabalarning 72% xususiy oliygohlarda tahsil oladi. Yaponiyada deyarli 79%, Janubiy Koreya va Filippinda ham xususiy oliygohlarda o‘qiydigan talabalar soni ko‘p. Ammo bu oliygohlar qandaydir shaxslarga tegishli emas. Ko‘pincha ular yirik kompaniyalar tomonidan yaratilgan o‘ziga xos korporativ oliygohlar.

Oliygoh xususiy bo‘lsa ham, bu uning maqsadi foyda olish bo‘lishi kerak degani emas. Xususiy oliygohlarning ko‘pi beg‘araz maqsadda jamiyat rivojiga hissa qo‘shish funksiyasini bajaradi. Aslida, bu jamoat tashkilotlari va ular «not for profit» sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu muassasani boshqaruvchi insonlar ham mazkur faoliyatdan daromad ololmaydilar. Olinadigan barcha foyda universitetning o‘ziga yo‘naltiriladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
44.6K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2023-05-31 21:17:14
Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ayni vaqtda litsenziyaga ega boʻlmagan, lekin o'zini reklama qilayotgan soxta oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling!

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Umuman olganda, vazirlik 2023-yil boshidan buyon deyarli hechqaysi xususiy oliygohga litsenziya bermayapti. Litsenziya olishiga ishonib faoliyatini boshlagan, lekin qabul jarayonlaridan qolib ketishni istamagan tadbirkorlarni ham tushunsa bo'ladi, lekin avval litsenziya olish, keyin reklama qilish kerak. Yo'qsa, hali faoliyatini boshlamasdan turib xususiy oliygohning obro'sizlanishi hechgap emas.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
37.8K viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2023-05-30 10:43:59Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi

Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda:

Eng avvalo, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.

Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi.

Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.

Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi.

Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
9.6K viewsedited  07:43
Ochish/sharhlash
2023-05-26 19:10:47 Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi xodimi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda javob berildi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
11.0K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2023-05-24 20:22:15Xususiy oliygohlarga litsenziya berish vaqtincha to'xtatilgani aytilmoqda - manba

Nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalariga qonuniy faoliyat yuritishi uchun litsenziya berish jarayonlari 15-fevral sanasidan vaqtincha to'xtatildi. Asosiy sabab, bunga qadar litsenziya berish bilan shug'ullanuvchi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tugatilgani hamda uning vakolatlari Oliy ta'lim vazirligiga o'tganidir.

Nodavlat oliygohlar masalasida sobiq Ta'lim inspeksiyasi hamda Oliy ta'lim vazirligining qarashlari ikki xil bo'lib kelgan. Inspeksiya nodavlat oliygohlarni "erkalatib" yuborgan bo'lsa, vazirlikning qarashlari mutlaqo boshqacha. Vazirlik "erkalanib" ketgan ayrim nodavlat oligohlarning "qulog'ini cho'zib qo'yish"ni, davlat oliygohlari singari vazirlikka bo'ysunishini istaydi.

Inspeksiya tasarrufida bo'lgan davrda xususiy oliygohlar Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tartibga solinmagan hamda qaysidir jihatdan vazirlikni "pisand" ham qilmagan. Zamon zayli bilan endi nodavlat oliygohlar vazirlikning "qo'liga tushdi".

Shu sababli ham endilikda, barcha nodavlat oliygohlar tekshirilmoqda hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda, nodavlat ta'lim tizimidagi "ahvol" o'rganilmoqda. Oy yakunida tekshiruvlar yakunlanishi va bir oy ichida xulosa qilinishi kutilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yaqin 2 oy mobaynida yangi xususiy oliygohlariga litsenziya berish masalasi ko'rib chiqilmasligi haqida xulosa qilishimiz mumkin.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
51.8K viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2023-05-18 11:25:40 Xususiy oliygohlar uchun ham kvota belgilanishi mumkin!

Aytishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan tegishli litsenziya ega bo'lgan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining barcha bo‘g‘imlari o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh bino sig‘imidan kelib chiqib, 2023-2024 o'quv yilida belgilanishi kutilayotgan kvota bo'yicha o'z xulosalarini beradi. Ya'ni, har bir oliy ta'lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasi, bino sig‘imi va imkoniyatlaridan kelib chiqib ma'lum bir kvota belgilanadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
3.2K viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash