Get Mystery Box with random crypto!

​ Rasman: bugundan 'perevod' uchun arizalar qabuli boshlandi | Xususiy oliygohlar | INFO

Rasman: bugundan "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli  transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal