Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onas | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy



Talabalar bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonadagi oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ikki tomonlama shartnoma olishlari kerak. Uch tomonlama emas.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (OTMning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, talabalar to‘lov-kontrakt shartnomalarini kontrakt.edu.uz saytidan onlayn olishlari mumkin. Super-kontrakt uchun ariza va shartnoma ham shu yerdan berilmoqda.