Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.96K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-04-05 13:11:18 "Tashabbusli byudjet"ning rasmiy natijalari soat 18:00 da chiqishi kutilmoqda.


@xushnudbekuz
70.9K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-04-04 22:24:52
Joylarda bayram boshlanib ketdi. Salyutsiz Open byudjet, Open byudjet bo’larmidi :)

Videolarda Ishtixon, Oltinko'l, Uchko'prik va Baliqchi tumanlari aks etgan.


@xushnudbekuz
42.0K views19:24
Ochish/sharhlash
2024-04-04 21:08:22 “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish tugashiga 1 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Shu bilan ancha vaqtgacha hech kim sizdan boshqa ovoz so’ramaydi.


@xushnudbekuz
25.5K views18:08
Ochish/sharhlash
2024-04-04 19:40:49 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nodar Dumbadze. Ko‘ppak (hikoya)

Izoh
: bufetchi ustiga qaynoq suv sepib yuborgan ko‘ppakni hikoya qahramoni uyiga olib kelib parvarishlaydi. Vaqt o‘tib u qishloqdagi eng chiroyli va aqlli itga aylanadi. Biroq jonivorni oldinda ketma-ket sinovlar kutardi. Qanday deysizmi, Keling, yaxshisi buni 17 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o’qib/tinglab bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Nodar-Dumbadze-Koppak-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
21.9K views16:40
Ochish/sharhlash
2024-04-03 20:54:05
Bugun @xushnudbek kanali yaratilganiga 6 yil bo’libdi. 2018-yil 3-aprel kuni kanalni ochib qo’ygan ekanman. Ammo o’sha payti nima yozishni bilmaganman.

Kanalda birinchi post 8-may kuni qoldirilgan. Ya’ni mana shu sanadan boshlab kanal yuritish boshlangan. O’shanchun kanalning tug’ilgan kunini 8-may deb hisoblayman.

Ammo 3-aprel ham ahamiyatli kun har holda.


@xushnudbekuz
22.0K views17:54
Ochish/sharhlash
2024-04-03 18:39:05
“Tafsiri Hilol”ning 6 jildlik to’plamidan 10 dona xarid qilindi.

Giveaway uchun.

Natijalar 9-aprel kuni soat 20:00 da chiqadi.


@xushnudbekuz
21.6K views15:39
Ochish/sharhlash
2024-04-02 20:39:00 Aytgancha, ko’rolmay qolganlar uchun “Zakovat”dagi jamoamiz o’yini YouTube’ga yuklanibdi.





Ko’raman deganlar uchun.


@xushnudbekuz
22.6K views17:39
Ochish/sharhlash
2024-04-01 14:41:44
Giveaway’da sekingina o’zim bitta kitobni yutib olmoqchi edim, qarasam, yaramas Telegram buni cheklab qo’ygan ekan


@xushnudbekuz
13.4K views11:41
Ochish/sharhlash
2024-04-01 11:54:43
O’zbekistonda Google Maps ishlashni boshlagani men uchun kutilmagan va yoqimli yangilik bo’ldi. Avvallari iOS tizimlari uchun AppStore orqali mobil ilovani yuklab olib bo’lmasdi, O’zbekistondan ro’yxatdan o’tgan profillar uchun taqiqlangandi.

Google kompaniyasining O’zbekiston uchun taqiqlari hali yana ko’p. Masalan, YouTube’da monetizatsiya o’chirilgan, bolalar uchun Kids tizimi ishlamaydi, Google Pay orqali to’lov imkoni yo’q va h.k.

Umid qilamizki, tez orada bu taqiqlar ham xuddi Google Maps kabi yechiladi.


@xushnudbekuz
15.6K views08:54
Ochish/sharhlash
2024-03-31 17:47:38 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Benjamon Franklin. Hushtak (hikoya)


Izoh
: hikoya qahramoni 7 yoshida o‘rtoqlari qaysidir bayramda sovg‘a qilgan bir hovuch chaqaga o‘yinchoqlar do‘konidan hushtak sotib oladi. Sevinchi ichiga sig‘may hushtagini quloqlarni qomatga keltirib chalib yurgan bolakay ushbu matohni o‘z narxidan to‘rt baravar qimmatga sotib olganini bilgach, dunyo ko‘ziga qorong‘i bo‘lib ketadi. Biroq aynan shu voqea uning hayotini tubdan o‘zgartirgan deyish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Buni atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Benjamin-Franklin-Hushtak-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
18.0K views14:47
Ochish/sharhlash