Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.92K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-25 17:03:43 Kino ko’raman deganlar uchun “Lolazor” jamoasining TOP-10 filmlar tavsiyasi





Endi har payshanba kunlari “Lolaqizg’aldoq” qisqa podkastini ko’rasiz Bunda turli mavzulardagi TOP-10 reytinglarni e’lon qilamiz.


@xushnudbekuz
18.2K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-04-24 19:00:39
Uraaaa! Futzalchilarimiz qiyin o‘yinda Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi!

Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla!

Endi yarim finalda o‘ta kuchli Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar!


@xushnudbekuz
20.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-04-23 18:13:30
Yutmoq yo qolmoq, shudir masala

Bugun soat 20:30 da U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasidagi 3-turda O’zbekiston va Vyetnam o’yini boshlanadi.

Terma jamoamiz oldida kutilmagan dilemma chiqib qoldi: guruhda nechanchi o’rinni olish kerak?

Chunki narigi guruhda Saudiya Arabistoni oxirgi o’yinda yutqazib, guruhda 2-o’rinni egalladi. Agar biz bugun yutsak yoki durang o’ynasak, unda chorak finalda Saudiya bilan o’ynaymiz. Saudlar turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Eslasangiz, ular 2 yil oldingi finalda “Bunyodkor” stadionida yigitlarimizni 2:0 hisobida mag’lub etgan edi.

Agar bugun yutqazsak, unda guruhda 2-o’rinni olamiz va chorak finalda Iroq bilan o’ynaymiz.

Nima qilmoq kerak? Murabbiylar bu haqda bosh qotirayotgan bo’lsa kerak.

Menimcha, bugun boshni baland ko’tarib, mardlarcha yutuq uchun o’ynayverish kerak. Saudiyani ham yuta olamiz, 2 yilda jamoamiz ancha kuchaydi, ko’z tegmasin.


@xushnudbek
14.2K views15:13
Ochish/sharhlash
2024-04-23 00:03:33
“Inter” jamoasi muxlislarini 20-chempionlik bilan tabriklayman!

Ushbu chempionlikning yanada lazzatli tomoni aynan "Milan" ustidan g'alaba qozonib, erishilgani bo'ldi.

Forza, Inter!


@xushnudbekuz
17.5K views21:03
Ochish/sharhlash
2024-04-22 02:09:50
O‘zbekiston aholisining soni 37 million bo’lgan tarixiy onlarni muhrlashga harakat qildim.

2024-yil 22-aprel kuni soat 03:24 da O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million nafarga yetdi!


@xushnudbekuz
20.1K views23:09
Ochish/sharhlash
2024-04-21 21:07:30 Hay, bugun Real-Barsa o’yinida kim yutadi?

Va yana bitta savol: Real yutadimi, Barselona yutadimi, nima farqi bor?

Nega minglab kilometr uzoqdagi muxlislar bir-birini haqorat qilib, so’kib, bir-biri bilan urishishi kerak?

Otang o’ynaydimi u jamoada, yoki aka-ukang? Hattoki otang o’ynasa ham, bu o’zaro janjal qilish kerak deganimasku.

Xo’p, qaysidir biri yutqazibdi, keyingi safar yutadi. Nega bir-birimiz bilan urishishimiz kerak?


@xushnudbekuz
17.9K views18:07
Ochish/sharhlash
2024-04-21 20:47:09
"Bekxem" hujjatli serialini ko‘rmaganlar bo‘lsa, albatta ko‘rishni tavsiya qilaman. Mazza qildim. Ayniqsa oldskullar uchun bolalik va yoshlik davridan nostalji bo‘ladi. Serialdagi hamma voqealarni, ayniqsa serialda ko‘rsatilgan futbol o‘yinlarini va gollarni jonli efirda ko‘rganlar uchun xotiralar yangilanadi.

Serialdan osonroq bir savol:

Devid Bekxem “Los-Anjelos Geleksi” jamoasiga endi kelib qo‘shilgan paytlari yangi jamoadoshlari Bekxem hojatxonaga kirganida sekundomerni yoqishga odatlanishgan ekan. Diqqat savol, ular nima uchun bunday qilishgan?


@zakovatklubi
16.5K views17:47
Ochish/sharhlash
2024-04-21 20:28:50 Manchester United odamni asab qiladiyey.

3-0 yutib turgan joyda, sharmandalar 3-3 qilib o’tiribdi. Bir amallab penaltidan yutvoldi “Koventri”ni.

Endi Angliya kubogi finalida Manchester derbisini ko’ramiz. Bunaqa o’ynasa, City yeb qo’yadiku, nimanidir o’zgartirish kerak.


@xushnudbekuz
16.2K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2024-04-21 10:20:41 #17 “LOLAZOR QAYTDI. LATIFALAR MAVSUMI BOSHLANDI





Ushbu sonda odamlarning ijtimoiy kayfiyati tushayotgani, elektromobillar uchun ayrim cheklovlar kiritilayotgani, bankirlar haqidagi trend, energetika sohasidagi yangiliklar, maktablar hududining sotilishi, o‘qituvchilar oyligidan pul ushlab qolishlar, keraksiz tungi navbatchiliklar, "Tashabbusli byudjet" yakunlari, 37 mln aholi va shu kabi yana boshqa mavzularda gaplashdik.

Yoqimli tomosha tilaymiz.


@xushnudbekuz
18.1K views07:20
Ochish/sharhlash
2024-04-21 07:02:02
“Lolazor” qaytdi

1-mavsumni tugatib, Ramazon oyida tanaffusga chiqqan edik. Nihoyat 2-mavsumga start beryapmiz.

Sizlar bilan g‘oyibona suhbat qurishni sog‘indik.

2-mavsumning 1-sonini bugun, soat 12:00 da YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.


@xushnudbekuz
17.9K views04:02
Ochish/sharhlash