Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekistonda Google Maps ishlashni boshlagani men uchun kutil | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

O’zbekistonda Google Maps ishlashni boshlagani men uchun kutilmagan va yoqimli yangilik bo’ldi. Avvallari iOS tizimlari uchun AppStore orqali mobil ilovani yuklab olib bo’lmasdi, O’zbekistondan ro’yxatdan o’tgan profillar uchun taqiqlangandi.

Google kompaniyasining O’zbekiston uchun taqiqlari hali yana ko’p. Masalan, YouTube’da monetizatsiya o’chirilgan, bolalar uchun Kids tizimi ishlamaydi, Google Pay orqali to’lov imkoni yo’q va h.k.

Umid qilamizki, tez orada bu taqiqlar ham xuddi Google Maps kabi yechiladi.


@xushnudbekuz