Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.96K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-03-30 17:44:33 Nohaqlik bo’ldi!
17.0K views14:44
Ochish/sharhlash
2024-03-29 18:03:41 Aytgancha, bugun soat 22:10 da “Zakovat” bor.


@xushnudbekuz
20.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2024-03-29 13:07:15
Bloger va inflyuenserlar o’rtasida “Uzchess media ligasi” tashkil qilinayotgan ekan. Meni ham taklif qilishgan.

Mana shunaqa turnirlarda qatnashishni unchalik yoqtirmayman. Chunki seni hamma zo‘r shaxmat o‘ynaydi, yorvoradi, deb o‘ylaydi. Lekin bunaqa turnirlar asl basharangni ochib qo‘yadi

Mabodosiga tomosha qilish uchun borish ham mumkin ekan. Buning uchun mana bu yerda oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Turnir 30-mart soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyi binosida (“Mustaqillik maydoni” metro bekati) boshlanadi.


@xushnudbekuz
22.0K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2024-03-28 20:51:04 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya)


Izoh
: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
21.8K views17:51
Ochish/sharhlash
2024-03-26 15:01:57
Juma kuni hali yana eslataman


@xushnudbekuz
15.6K views12:01
Ochish/sharhlash
2024-03-26 08:48:31 Yana bitta firibgarlik — Parker power banklari. Sodda odamlarni yana uxlatib ketishdi

https://t.me/xushnudbek/23386

Odamlardan pul olish shunchalik osonmiyey? Pul ber desa, tagini surishtirmay shartta bervoraveradimi?

Agar pulingiz shunchalar oshib toshib ketgan bo’lsa, unda shu pullarni menga beringlar, muhtoj talabalarning kontraktini to’laymiz.


@xushnudbekuz
14.6K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-03-25 12:02:57
“Qariyalar” bormi oramizda? Oshiq o’ynab mazza qilardiga? Hozirgi yoshlar buning zavqini tushunmaydi.

Yigitlarning oshiq o’yini sal boshqacha bo’lardi, ichiga ozgina qo’rg’oshin ham quyardik. Asosan qizlar o’ynaydigan (lekin biz ham o’ynardik) o’yinni biz tomonda “Happak tosh” deyishardi. Ko’p joyda “Besh tosh” nomi bilan ma’lum. Oshiq o’rnida oddiy tosh bo’lardi odatda.


@xushnudbekuz
17.5K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2024-03-24 19:14:36 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Omon Matjon. Ajdar quduq (doston)

Izoh
: Asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?! Eshitib, bilib olishingiz uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
17.6K views16:14
Ochish/sharhlash
2024-03-22 19:44:22
Kim bolaligida shunaqa “taxta oyoqlar”da yurgan? Masalan, biz yurardik, hammaning o’z “oyog’i” bor edi


@xushnudbekuz
13.6K views16:44
Ochish/sharhlash
2024-03-21 19:47:26 Abdulla Oripov she’rlaridan hech bo’lmasa 2 qatorini yod olmagan insonni topish qiyin. She’rini bilmayman deganlar ham, kamida O’zbekiston madhiyasini yodlagan bo’lib chiqadi.

Kelinglar, kimning yodida qaysi misralar qolgan bo’lsa, izohlarda yozamiz. Men boshlab beraman:

Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.

Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.


@xushnudbekuz
17.9K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash