Get Mystery Box with random crypto!

'Bekxem' hujjatli serialini ko‘rmaganlar bo‘lsa, albatta ko‘ri | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

"Bekxem" hujjatli serialini ko‘rmaganlar bo‘lsa, albatta ko‘rishni tavsiya qilaman. Mazza qildim. Ayniqsa oldskullar uchun bolalik va yoshlik davridan nostalji bo‘ladi. Serialdagi hamma voqealarni, ayniqsa serialda ko‘rsatilgan futbol o‘yinlarini va gollarni jonli efirda ko‘rganlar uchun xotiralar yangilanadi.

Serialdan osonroq bir savol:

Devid Bekxem “Los-Anjelos Geleksi” jamoasiga endi kelib qo‘shilgan paytlari yangi jamoadoshlari Bekxem hojatxonaga kirganida sekundomerni yoqishga odatlanishgan ekan. Diqqat savol, ular nima uchun bunday qilishgan?


@zakovatklubi