Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 122

2021-06-21 17:31:13
Amaldorlarni matematika va logikadan imtihon qilish kerak” — 3 oyda IELTS'dan 7 olgan matematik qiz

Nodira Sa'dullayeva – ko‘plab xalqaro olimpiadalar g‘olibasi, International Juniors Honor Society va BMTning Bolalar fondida O‘zbekiston Yoshlar delegatsiyasi a'zosi. U yaqinda Toshkentdagi Al-Xorazmiy maktabini tamomladi, bir nechta xorijiy universitetlarga grant yutgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
51.8K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-06-21 16:20:01
Tanishuv: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

TDSHU – O‘zbekistondagi eng uzoq tarixga ega OTMlardan. Bu yerda sharq xalqlari tili, tarixi, madaniyati va iqtisodiyoti o‘rgatiladi. Jami 18 ta til, shuningdek, jurnalistika va jahon siyosati yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

TDSHU 1918-yilda Turkiston Sharqshunoslik instituti sifatida tashkil etilgan, 2020-yilda universitet maqomini oldi. Eng taniqli bitiruvchilari orasida general Rustam Inoyatov ham bor.

Avvalgi videolarimiz:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent moliya instituti
O‘zbekiston milliy universiteti

#Qabul_2021
Xpress.uz – Siz kutgan format
54.1K views13:20
Ochish/sharhlash
2021-06-21 15:15:41
ChDPI o‘qituvchisi o‘qishga kiritish uchun $6000 olayotganda ushlandi

Departament xabariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.E. $6000 olayotganda qo‘lga tushgan. U 2 fuqaroni o‘zi ishlayotgan institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga kiritishni va'da qilgan.

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida esa boshqa bir fuqaro $3500 bilan qo‘lga tushdi. U farzandi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qishini istagan fuqarodan shuncha pul olgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
53.5K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2021-06-21 13:29:59
AQSH Navalniy sabab Rossiyaga yangi sanksiyalar tayyorlayapti

Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ma'lum qilgan. Uning aytishicha, sanksiyalar paketi tayyor bo‘lishi bilan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Rossiya prezidentlari uchrashuvida Bayden jurnalistlarga "Agar Navalniy qamoqda o‘lsa, Rossiya uchun "halokatli holat" yuzaga kelishi"ni aytgandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
55.2K viewsedited  10:29
Ochish/sharhlash
2021-06-21 11:47:12
“Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etildi

Hukumatga muxolif ekanini iddao qilayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ikki marta rad etildi. Adliya vazirligi izohiga ko‘ra, partiya qonunda ko‘rsatilganidek 20 ming emas, 9873 nafar fuqaroning imzosini taqdim etgan.

Vazirlik imzosi ko‘rsatilgan shaxslarning 42 nafari vafot etgani, 2292 kishidan o‘zi qo‘ygan imzoni hisobga olmaslik so‘ralgan murojaat kelib tushganini bildirgan. Bu – imzolar “partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar bilan yig‘ilgani” bilan izohlanmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
58.7K viewsedited  08:47
Ochish/sharhlash
2021-06-21 10:29:59
AQSH 18 tonnali portlovchi modda bilan harbiy kemani sinovdan o'tkazdi

Sinovda USS Gerald R. Ford samolyot tashuvchi kemasining jangovar sharoitga bardosh bera olish qobiliyati tekshirilgan. Portlash kuchi 4 balli zilzilaga teng bo‘lgan. Sinov Atlantika okeanida o‘tkazilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
59.9K views07:29
Ochish/sharhlash
2021-06-21 09:01:47
"Aqlvoy" telekanalida uzatilgan noma'qul sahnalar sabab kanal ijodkorlari ogohlantirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Aqlvoy" telekanalida namoyish qilingan “Shahrizoda. Aytilmagan hikoyalar” va “Art-Odissey” multseriallaridagi 2ta lavha muhokamalarga sabab bo'ldi.

Telekanal ma'muriyatining izohlashicha, bunday lavhalar inson omili tufayli efirga ketgan. Voqeadan keyin telekanalning barcha ijodkorlari tanbeh olgan. Xato takrorlanmasligi uchun dublyajchi kompaniyalar bilan qo‘shimcha kelishuvlar qilingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.6K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2021-06-21 07:42:35
Andijonda prezident tashrifidan oldin o‘tqazilgan ko‘chatlar olib ketilgani haqidagi videoga izoh berildi

Viloyat hokimligiga ko‘ra, videodagi ko‘chatlar obodonlashtirish vaqtida gullarga zarar yetkazmaslik uchun vaqtincha ko‘chirilgan. Ular keyinroq joyiga qaytarilgan. Video ham shu jarayonda olingan.

Holatga shahar hokimi Bahromjon Haydarov boshqacha javob bergan. Unga ko'ra, qurigan butalar olib tashlanib, o‘rniga boshqasi o‘tqazilgan. Holat bo‘yicha mutassadilar izohi bir-biriga mos kelmayapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
65.8K viewsedited  04:42
Ochish/sharhlash
2021-06-19 18:03:08
Misrliklar suv ustida yuradigan mashina yasadi

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
85.1K views15:03
Ochish/sharhlash
2021-06-19 16:31:32
Krishtianu Ronaldu Instagramda 300 mln obunachisi bor birinchi odamga aylandi

Yil boshida futbolistni kuzatayotgan obunachilar 250 mln bo‘lgan, hozir esa Ronalduni 301 mln odam kuzatyapti.

Keyingi o‘rinlarda eng ko‘p obunachilar soni bo‘yicha amerikalik aktyor Dueyn Jonson (246 mln) va san’atkor Ariana Grande (244 mln obunachi) turadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
77.7K views13:31
Ochish/sharhlash