Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 119

2021-07-01 14:30:11
Yangi Zelandiya 2025-yilgacha 1 martalik plastik idishlardan voz kechadi

Paxtali tayoqchalar va bir martalik idishlardan keyingi yildan bosqichma-bosqich voz kechish boshlanadi.

Hozir har bir zelandiyalik kuniga 159 gramm plastik chiqindi iste’mol qiladi.

Avvalroq Britaniya 1 martalik plastik idishlardan foydalanishni cheklash dasturini boshlagan, Yevroittifoq esa chiqindilarga oid dastur qabul qilgandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
59.6K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-07-01 12:30:22
"Xitoyni faqat sotsializm saqlab qoladi" — Xitoy kompartiyasining tashkil topganiga 100 yil to‘ldi

Mamlakatda Kommunistik partiya yubileyiga bag‘ishlab mushaklar otilgan, bayram tadbirlari uyushtirilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bayramda so‘zga chiqib: "Faqat sotsializmgina Xitoyni saqlaydi va faqat sotsializm xitoyliklar xarakteriga mos ravishda mamlakatni rivojlantira oladi", degan.

Si Szinpin hech kimga Xitoyga nisbatan biror yomon harakat qilish imkoni berilmasligini, agar kimdir bunga jur’at qilsa, unda 1,4 mlrd xitoylik qurgan Buyuk Xitoy devori qoshida qonga botgan boshi qolishini aytgan.

Xitoy kompartiyasi 1921-yilda tuzilgan, bundan 72 yil oldin hukumat tepasiga kelgan. Uning 100 yilligiga kuchli tayyorgarlik ko‘rilgan. Apreldan beri kinoteatrlarda haftasiga kamida 2 marta propaganda filmlari qo‘yilgan. Ularni "qizil filmlar" deb ham atashadi. Xuddi shunday "qizil qo‘shiqlar" ham efirga uzatilyapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
61.2K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-07-01 11:30:14
O‘zbekistonda havo yanada isishi kutilyapti

Bu 6–8-iyul kunlari Erondan issiq havo oqimi kirib kelishi hisobiga bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.4K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-07-01 10:00:17
Bugun, 1-iyuldan nimalar o'zgardi?

Pensiya va nafaqalar oshiriladi.

Davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi.

Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan kelgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari ochiq ma’lumotlar portaliga joylab boriladi.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR – INN)ni berish to‘xtatiladi.

Hamshiralik ishi bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.4K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2021-07-01 09:00:17
Fransiyada kuchli do‘l yog‘ib, qalinligi 60 santimetrgacha yetdi

Do‘l o‘tgan kuni Fransiyaning sharqiy hududida yog‘gan. Do‘lda qolgan 16 bola va 2 kishi qutqarilgan, kamida 5 kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
62.7K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2021-06-29 18:30:10
Tanishuv: Toshkent davlat yuridik universiteti

TDYU oxirgi yillarda O‘zbekistondagi davlat OTMlari orasida ta’lim jarayoniga oid yangi tashabbuslari bilan ajralib turibdi. Talabalarning o‘qituvchi tanlash huquqi, haftada 5 kun o‘qish, asosan mutaxassislik fanlariga urg‘u berilishi kabilarni boshqa OTMlar ham tatbiq etsa arziydi.

Avvalgi videolarimiz:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent moliya instituti
O‘zbekiston milliy universiteti
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi

#Qabul_2021
Xpress.uz – Siz kutgan format
45.0K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-06-29 17:00:25
Bu – Atlantika va Tinch okeanlari uchrashadigan nuqta. Bu yerda ikkita okean suvlari bir-biriga qo‘shilib ketmaydi, sababi ularning zichligi farq qiladi.

#Hayrat
Xpress.uz – Siz kutgan format
48.9K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-06-29 15:30:20
Qabul komissiyasi qanday tuzilma?

DTM direktori Majid Karimov Davlat qabul komissiyasi a’zolari va uning qanday tartibda qaror qabul qilishi haqida ma’lumot berdi.

To‘liq suhbat

#Qabul_2021
Xpress.uz – Siz kutgan format
47.9K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2021-06-29 15:00:20
Odam og‘zini qulflab qo‘yadigan moslama yaratildi

Bu qulf insonning yuqori va pastki tishlariga o‘rnatiladi va sog‘likka zarar keltirmaydi. Qulflab qo‘yilgach, odamning og‘zi 2 millimetrgacha ochilishi mumkin, bu gapirish va nafas olish imkonini beradi, lekin ovqat yeyishga imkon qoldirmaydi.

Buyuk Britaniyada ishlangan og‘izni qulflab qo‘yish moslamasi semizlikka qarshi kurashishda samarali vosita sifatida ko‘rilyapti. Uning narxi $24 ming bo‘lishi reja qilingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
57.1K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-06-29 13:30:25
DTM direktori "perevod" imtihonlarida qanday savollar tushishini va super-kontrakt qanday qo'llanishini aytdi.

To‘liq suhbat

#Qabul_2021
Xpress.uz – Siz kutgan format
52.5K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash