Get Mystery Box with random crypto!

“Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish rad e | XPRESS

“Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etildi

Hukumatga muxolif ekanini iddao qilayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ikki marta rad etildi. Adliya vazirligi izohiga ko‘ra, partiya qonunda ko‘rsatilganidek 20 ming emas, 9873 nafar fuqaroning imzosini taqdim etgan.

Vazirlik imzosi ko‘rsatilgan shaxslarning 42 nafari vafot etgani, 2292 kishidan o‘zi qo‘ygan imzoni hisobga olmaslik so‘ralgan murojaat kelib tushganini bildirgan. Bu – imzolar “partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar bilan yig‘ilgani” bilan izohlanmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format