Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 118

2021-07-02 14:16:41
O‘zbekistonda yangi qonun asosida ijtimoiy tarmoqlarni bloklash boshlandimi?

Bugun O‘zbekistonda TikTok va Twitter ishlashi sezilarli yomonlashdi. Bu – bahslarga sabab bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarga oid qonun bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi hozircha noma’lum.

Gap shundaki, avvalroq O‘zkomnazorat deputatlar talabi bilan qator ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok va Twitter'ga ham ogohlantirish xatlari yuborgan. O‘zbekistonda aprel oyida kuchga kirgan yangi qonunga asosan, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismonan O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanishi shart.

Qonunda ijtimoiy tarmoqlar deyilmagan, lekin negadir O‘zkomnazorat va deputatlar ijtimoiy tarmoqlarga yopishib oldi. Vaholanki, ijtimoiy tarmoqqa pasport ma’lumotlarini kiritish shart emas. Qonun barchaga barobar bo‘lsa, unda nega masalan xorij banklariga bunday talab yo'q? Yoki millionlab o‘zbekistonlik shaxsiy ma’lumotlarini kiritadigan grin-karta serverini olib kelish nega talab qilinmayapti?

Xpress.uz – Siz kutgan format
47.8K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2021-07-02 13:52:31
O‘zbekiston AQSHning yangi ma'muriyati bilan ilk yirik muzokaralarni boshladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshliq o'zbek delegatsiyasi 5 kundan beri AQSHda. Diplomatlar Amerikaning yangi hukumati bilan fikr almashmoqda.

Kecha, 1-iyul kuni davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Muzokaralarda Afg'onistondagi vaziyat asosiy mavzu bo'layotgani taxmin qilinmoqda. O'zbekiston AQSH askarlari Afg'onistondan ketayotganini ma'qullamaydi. O'z navbatida, amerikaliklar Qarshi-Xonobod harbiy bazasini yana ijaraga olish istagida ekani haqida xabarlar bor.

Xpress.uz – Siz kutgan format
47.2K views10:52
Ochish/sharhlash
2021-07-02 12:00:25
O‘zbekistonda uy-joyga talab ham, narx ham oshyapti — Markaziy bank

Tahlilga ko‘ra, shu yilning 2-choragida 1-chorakka qaraganda uy sotib olishga bo‘lgan talab 38 foizga oshgan. Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi esa 5,72 foizga oshgan.

Mart-aprel oylarida eng qimmat uylar Toshkentda – 1kv metri 7,5 mln so‘mgacha, eng arzoni esa Sirdaryo viloyatida – 2,2 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2,7 mln so‘mga sotilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
52.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-07-02 10:30:10
“Ta’lim tezroq an’anaviy shaklga qaytishi uchun” — Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi vaksina oldi.

#Menvaksinaoldim
Xpress.uz – Siz kutgan format
55.8K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2021-07-02 09:00:05
Bugun qanaqa kunligini bilasizmi?

#XpressPoll
Xpress.uz – Siz kutgan format
58.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-07-02 07:21:04
Toshkentda koronavirus-taqsimlash markazlari qayta ochilyapti

Toshkentdagi «Yoshlik» va «Universal» sport majmualari, «O‘zekspomarkaz»da joylashgan koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qaytadan ish boshlayapti.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev markazlarni dushanba kunigacha to‘liq ochishni topshirdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
59.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2021-07-01 19:16:05
Farzandini o‘qishdan haydashlarini so‘ragan ona

"Edu" o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi Xurshid Maroziqov “Osmondagi bolalar” loyihasidagi suhbatida faoliyatida esda qolgan bir voqeani so‘zlab berdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
66.6K views16:16
Ochish/sharhlash
2021-07-01 18:00:29 Qaysi universitetga nechta talaba qabul qilinadi? Imtihon qaysi fanlardan?

Yuqoridagi fayldan 2021-yilgi bakalavriatga qabul kvotalari va fanlar majmuasi joy olgan.

O'z bilimingizga qattiq ishonsangiz, xususiy universitetlarga ham hujjat topshirishingiz mumkin. Bu yil ilk marta nodavlat OTMlarga ham davlat granti asosida 500ta kvota ajratilmoqda. Faylda kvotalarning OTMlar bo'yicha taqsimoti ham bor.

Fayl telefoningizda ochilmasa, RAR ilovasini yuklab olishingiz lozim: Android, iOS.

#Qabul_2021
Xpress.uz – Siz kutgan format
61.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-07-01 17:00:21
Toshkentda ham radar va kamera o‘rnatish joylari auksionga chiqarildi

Poytaxtda 38ta radar joyi sotuvga chiqarildi, ularning barchasida boshlang‘ich narx bir xil – 4,9 mln so‘m.

Spot'ning yozishicha, lotlarga oxirgi 2 yillik qoidabuzarliklar statistikasi ilova qilingan. Buning bilan tadbirkor qoidabuzarliklardan qancha pul ishlashini taxmin qilishi mumkin.

Hozircha respublika bo‘yicha 72ta radar o‘rnatish joyi sotuvga qo‘yilgan. 2022-yil oxirigacha 3,3 ming videokamera va 763 radar o‘rnatilishi reja qilingan.

Radar o‘rnatilgan joylar ro‘yxati e’lon qilinadi
Xpress.uz – Siz kutgan format
60.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-07-01 15:54:12
Tinchlik zamonidagi qurbonlar: 2021-yilning 5 oyida O'zbekistonda 770 kishi YTHga uchrab halok bo‘ldi

Hozirga qadar rasmiy statistika bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar – 740 kishi. YTHlar esa 5 oyda 770 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
58.8K views12:54
Ochish/sharhlash