Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda yangi qonun asosida ijtimoiy tarmoqlarni bloklas | XPRESS

O‘zbekistonda yangi qonun asosida ijtimoiy tarmoqlarni bloklash boshlandimi?

Bugun O‘zbekistonda TikTok va Twitter ishlashi sezilarli yomonlashdi. Bu – bahslarga sabab bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarga oid qonun bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi hozircha noma’lum.

Gap shundaki, avvalroq O‘zkomnazorat deputatlar talabi bilan qator ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok va Twitter'ga ham ogohlantirish xatlari yuborgan. O‘zbekistonda aprel oyida kuchga kirgan yangi qonunga asosan, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismonan O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanishi shart.

Qonunda ijtimoiy tarmoqlar deyilmagan, lekin negadir O‘zkomnazorat va deputatlar ijtimoiy tarmoqlarga yopishib oldi. Vaholanki, ijtimoiy tarmoqqa pasport ma’lumotlarini kiritish shart emas. Qonun barchaga barobar bo‘lsa, unda nega masalan xorij banklariga bunday talab yo'q? Yoki millionlab o‘zbekistonlik shaxsiy ma’lumotlarini kiritadigan grin-karta serverini olib kelish nega talab qilinmayapti?

Xpress.uz – Siz kutgan format