Get Mystery Box with random crypto!

'Mening kartamdan pul o'g'irlandi' Firibgarlar bank karta ma' | Xalq Banki

"Mening kartamdan pul o'g'irlandi"

Firibgarlar bank karta ma'lumotlarini topish va pul o'g'irlashning turli usullarini bilishadi. Bularning deyarli barchasi karta egasining ehtiyotsizligi bilan bog'liq.

Fuqarolar turli messenjer va ijtimoiy tarmoq orqali yuborilgan noma'lum havolalarga kirib, karta ma'lumotlarini kiritish orqali firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanishadi. Natijada "mening kartamdan pul o'g'irlandi, uni qaytarishda yordam bering", deya bankka murojaat qilishadi.

Ogoh bo‘ling! Agar siz firibgarlik holatiga duch kelsangiz:
zudlik bilan bank kartangizni bloklang;
muammoingiz yuzasidan 1106 yoki +998 71 210 20 02 raqamlariga ma'lumot bering;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling. 

Yodda tuting, sizning moliyaviy xavfsizligingiz birinchi navbatda o‘zingizga bog'liq.

Xalq banki haqidagi eng to‘g‘ri ma’lumotlarni bankning rasmiy manbalaridan bilib olishingiz mumkin:

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram