Get Mystery Box with random crypto!

'Kredit olish uchun menga kafil bo‘ling' Yaqin tanishingiz yo | Xalq Banki

"Kredit olish uchun menga kafil bo‘ling"

Yaqin tanishingiz yoki hamkasbingiz o‘zi olayotgan bank krediti uchun kafil bo‘lishingizni so‘radimi? Keling, avvalo, kafil shaxs kimligini va kafillikka rozi bo‘lishdan avval nimalarga e'tibor berish lozimligini ko‘rib chiqamiz.

Kafil - bu kafillik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. 

Siz kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan so‘ng, kredit olgan shaxs bilan bir qatorda kreditni to‘lanishiga javobgar hisoblanasiz. Shu bois, kafillikka rozi bo‘lishdan avval quyidagilarni aniqlashtirishni tavsiya qilamiz:

kredit summasi va foizi;
kredit muddati, turi va maqsadi;
to‘lov grafigi bo‘yicha oylik to‘lov summasi;
garov mulklari qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi;
kredit olmoqchi bo‘lgan shaxsning boshqa kreditlari bor yoki yo‘qligi hamda oylik daromadlari.

Kafil bo‘lishdan avval o‘z moliyaviy imkoniyatlaringizni ham inobatga oling!