Get Mystery Box with random crypto!

“Yagona bank kodi”ga o‘tish jarayoni davom etadi. Xalq bankid | Xalq Banki

“Yagona bank kodi”ga o‘tish jarayoni davom etadi.

Xalq bankida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida, 2023-yil 24-25-mart kunlari Toshkent shahrining Mirobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Chilonzor, Sergeli, Yashnobod va Uchtepa filiallari yagona MFO (01125)ga o‘tkazillishini ma’lum qilamiz.  

“Yagona bank kodi”ga o‘tish afzalliklari:
yuridik shaxslar xohlagan BXMlardan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi (naqd va naqdsiz ko‘rinishda);
bankda omonatchilar uchun xizmatlar kengayadi va ular istalgan sotuv nuqtasidan pul qo‘yish hamda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
mijozlarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, yangi tashkil qilinayotgan BXMlar aholi gavjum hududlarda tashkil etiladi;
vaqtni tejash maqsadida onlayn bank xizmatlari takomillashtiriladi.

Yagona MFOga o‘tkazish jarayonida bankomat hamda bank kartalarida o‘tkaziladigan amaliyotlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.