Get Mystery Box with random crypto!

Kelayotgan chorshanba kunidan boshlab Seul va qo’shni shaharla | WAYU.KOREA

Kelayotgan chorshanba kunidan boshlab Seul va qo’shni shaharlarda 5 kishidan ortiq holda yig’ilishlar ma’n etiladi.

Seul rasmiylari shu yilning 23-dekabridan boshlab to 2021-yilning 3-yanvarigacha Seul shahri, Gyeonggi provintsiyasi va Inchon shaharlarida COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun 5 kishidan ortiq yig’ilishlar ma’n etilishini e’lon qildi.

Shu bilan bir qatorda, vatandoshlarimizdan yangi yil va yangi yil oldi bayramlarida ommaviy bazm/yig’ilishlar (5 kishidan ortiq) tashkil etmasliklarini hamda qatnashmasliklarini iltimos qilib qolamiz.