Get Mystery Box with random crypto!

So’nggi paytlarda vatandoshlar orasida O’zbekiston Elchixonasi | WAYU.KOREA

So’nggi paytlarda vatandoshlar orasida O’zbekiston Elchixonasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomon konsullik xizmatlari va shunday turkumdagi ko’plab mavzularga aniqlik kiritilishi bo’yicha savollar paydo bo’lmoqda. Shu sababli, “Koreya Tajribasi” loyihasining 8-sonini Elchixona Bosh konsuli va diplomatlari bilan suhbat qilishga bag’ishlanadi. Quyida keltirilgan mavzular bo’yicha ma’lumotlarni vatandoshlarga yetkazishga kelishib olindi.

• Konsullik ishlari;
• Vatandoshlar muammolari;
• Koreya- O’zbekiston iqtisodiy va siyosiy a’loqalari;

Shuni alohida ta’kidlab o’tmoqchimizki, vatandoshlar orasidan ham savollar qabul qilib intervyu davomida ularni tegishli hodimlarga yetkazamiz. Agar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan sizni ham qiziqtiradigan savollar bo’lsa, bizga elektron pochtamiz wayu.korea@gmail.com yoki Instagram sahifamiz orqali yo’llashingizni so’rab qo’lamiz!

*Savollarni spekulatsiyadan holi tarzda faktlarga asoslangan, obiektiv tarzda berishingizlarni so’rab qolamiz.