Get Mystery Box with random crypto!

Bugun tashkilotimiz tashabbusi bilan “Koreya Tajribasi” loyiha | WAYU.KOREA

Bugun tashkilotimiz tashabbusi bilan “Koreya Tajribasi” loyihasi asosida O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasiga tashrif buyurib vatandoshlarimizdan onlayn qabul qilinib olgan va anchadan beri ularni o’ylantirib/qiynab kelayotgan savollar bo’yicha Konsulimiz Haydaraka Fayziev bilan suhbat uyushtirdik. Mazkur suhbatda barcha xizmatlar va muammolar haqida ochiqcha so’z yuritildi. Quyidagi mavzular bo’yicha suhbat olib borildi:

-Horijga chiqish pasportini olish (aniq to’lovi)
-Vaqtinchalik konsullik ro’yhatiga turish
-Haydovchilik guvohnomasini olish
-Doimiy aviareyslar qatnovi
-Vafot etgan fuqarolarni vatanga jo’natish
-Yangi tug’ilgan chaqaloqqa pasport olish
-Elchixonani vakolatiga kiradigan va kirmaydigan vazifalar
-Boshqalar


Bu sonda qo’ldan kelgancha vatandoshlarni savollariga yetarlicha javob olishga va muammolarga obiektiv javob topishga harakat qildik.

Shuningdek, bu galgi loyihamiz rus tilida ham ommaga taqdim etiladi.