Get Mystery Box with random crypto!

Vatandoshlar uchun bepul iftorlik Muborak ramazon oyining ki | WAYU.KOREA

Vatandoshlar uchun bepul iftorlik

Muborak ramazon oyining kirib kelishi sababli mazkur bayramning birinchi juma sanasi (16-aprel) soat 19:00da Seul shahrining Dongdemun tumanida O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi va “Pasha Kebab” oshxonasi vatandoshlarni iftorlikka taklif etib qoladi.

Iftorlik tashkilot tomonidan bepul taqdim qilinadi. Pandemiya holatini hisobga olgan holda mehmonlar soni cheklangan, tashrif buyurmoqchi bo’lgan vatandoshlar Instagram (@wayu.korea) sahifamiz orqali xabar qoldirishlarini so’rab qolamiz.

Manzil: 중구 장충단로 247 지하 2층

Dongdaemun History and Culture Park station, Global Town, B2

Mehmonlar sonini nazorat qilish uchun faqatgina ro'yhatdan o'tganlarni kelishlarini so'rab qolamiz.