Get Mystery Box with random crypto!

21-yanvar kuni kechqurun Inchon shahrida O’zbekiston Respublik | WAYU.KOREA

21-yanvar kuni kechqurun Inchon shahrida O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga Koreya Respublikasi fuqarosi tomonidan yetkazilgan og’ir tan jarohat va shu holat yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur holat Koreya tergov xizmatlari va O’zbekiston Respublikasi elchixonasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi qo’lgan olingan va o’z joniga qasd qilib tanasiga og’ir jarohat yetkazganligi sababli ayni damda kasalxonaga yotkazilgan va uning o’z holiga kelishi bilan tervog ishlari boshlab yuboriladi.

Fuqaroimizni huquqini to’liq darajada himoya qilib gumonlanuvchiga Koreya Respublikasi qonunlarida qo’llaniladigan eng og’ir jazo berilishi so’raldi.

Og’ir pandemiya sharoitida fuqarolarimizdan guruh bo’lib yig’ilmasliklarini va norasmiy manbalarga ishonib Koreya qonunlariga zid bo’lgan harakatlarni amalga oshirmaslikni so’rab qolamiz.

Batafsil ma’lumot videoda keltirilgan.