Get Mystery Box with random crypto!

Yangi semestrga o’qishga kelmoqchi bo’lgan talabalar diqqatiga | WAYU.KOREA

Yangi semestrga o’qishga kelmoqchi bo’lgan talabalar diqqatiga!

Koreya Respublikasi Ta’lim Vazirligining axborot berishicha Koreyaga yangi semestrga ta’lim olish uchun kelmoqchi bo’lgan chet-ellik talabalar COVID-19 uchun jami 3ta alohida PCR testlari topshirishi kerak bo’ladi.

Yangi tartibga ko’ra PCR testlar quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Reysga chiqmasdan 72 soat oldin topshirilgan manfiy (negative) PCR test natijasi Incheon Xalqaro Aeroportida taqdim etiladi

2. Koreyaga kelgandan 1 kun o’tib yana bir bor PCR test topshiriladi


3. So’nggi test 14-kunlik karantin tamomlanishi bilan topshiriladi


Karantin zonalari universitetlar zimmalariga yuklatilinib talabalarni karantinga joylash uchun alohida xonalar tashkil etiladi va talabalarning salomatligi har kuni 2 marotaba o’lchab boriladi.

Mazkur jarayon qay tartibda olish borilishi bo’yicha talabalar o’zlarining tegishli universtitetlari bilan bog’lanishini so’rab qolamiz.