Get Mystery Box with random crypto!

Psixolog - Z. Ahmedova

Telegram kanalining logotibi uzpsixologuz — Psixolog - Z. Ahmedova P
Telegram kanalining logotibi uzpsixologuz — Psixolog - Z. Ahmedova
Kanal manzili: @uzpsixologuz
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 666
Kanalning ta’rifi

➖Z. Ahmedova bilan bog'lanish:
☎️ 998 90 999 2289
📨 @PsixologZebiniso
➖Rasmiy sayt:
👉 UzPsixolog.Uz
➖Sayt Guvohnomasi
👉 uzpsixolog.uz/guvohnoma2018

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-10 06:54:04 ​​TARBIYA SOʻZI ACHCHIQMI?

Bola tugʻildi, gapirishni ham oʻrganib olibdi, qarang. Tarbiya soʻzi qanday boʻlishi kerak? Nima deb oʻylaysiz yarani ichidagi yiringni kessak ogʻriydimi? Albatta, yara tagidagi ogʻriq bu shifo uchun yoʻldir. Demak, tarbiya soʻzi achchiq boʻlar ekan-da. Xulq-atvordagi qusurlarni anglatish, notoʻgʻri qiliqlarni tushuntirib berish orqali anglatish ogʻriqli ekan-da! Bolaga tariya beruvchi soʻzlar jamlanmasi ayblov, tanqid, xaqorat emas, anglatish soʻzlari boʻlishi kerak.

Bola bilan oddiy suhbatlashish mumkin va uning orasida anglatilgan tarbiyaviy soʻzlar ishlatish lozim. Bu soʻzlar qanaqa boʻladi? Bu soʻzlar yigʻlatadi, kechirim soʻrashga undaydi, tavba qilishga sababchi boʻladi.

Qanday oʻrgansa boʻladi bunday tarbiyaviy gaplarni?
- Oʻzingizni tarbiya qilishdan boshlang, oʻsha gapni topa olasiz. Bunga yuz foiz javob bera olaman. Erta turishga oʻzingizni tarbiyalang, va shu payti oʻzingizga biror soʻz ayting, oʻsha soʻz tarbiya soʻzidir. Oʻzingizni aytganingizni qilishga tarbiyalang, qila olmaganingizda, vaʼdangizdan chiqa olmaganingizda oʻzingizga biror nima deng, oʻsha aytganlaringiz bolangizga taʼsir etadigan tarbiya soʻzlaridir. Biror vazifani bajara olmaganingizda, eplay olmagan oʻzligingizga nima dedingiz, oʻsha soʻzlar bolangizga ham taʼsir qiladigan tarbiya soʻzlari edi.

Birovni kechira olmasdan “qargʻab” yigʻlaganingizda oʻzingizga nima dedingiz, oʻsha soʻzlar bolangizga taʼsir qiladigan tarbiya soʻzlari edi. Omadsizman, deya tushkunlikga tushganingizda oʻzingizga nimalar degansiz, xuddi oʻsha soʻzlarni bolangizga ayting, bu soʻzlar tarbiya soʻzlari edi.

“Eplaysan”, “Omadlisan”, “Kechira olasan!”, “Sen kuchlisan” bu sizning soʻzlaringizmi? Oʻxshamadimi? Demak, siz aytgan soʻzlar tilda emas amalda boʻlishi uchun oʻzingiz yenging, kuchli boʻling, omadli boʻling, boshqa yoʻlingiz yoʻq. Ha-ya, yana chiroyli ham boʻling, unutmang, chiroyli ota-onaning chiroyli bolasi boʻlgani yaxshiroq!

Zebiniso Ahmedova

- Bola tarbiyasi masalalari boʻyicha psixologik yordam kerakmi?
- Farzandingiz bilan ishlashimizni istaysizmi?

Farzandingizni “Oʻsmirlar uchun psixologiya kursi”da oʻqitish imkoniyati bor sizda.
Bunda:

• Farzandingizda oʻziga boʻlgan ishonchi paydo boʻladi.
• Yaxshi va yomon qarorlar xaqida bilimga ega boʻladi.
• Oʻzini xavfdan asrashni oʻrganadi.
Oldiga maqsad qoʻyishni oʻrganadi.

Qoʻngʻiroq qiling: +998(90)9444612

Ijtimoiy tarqmoqlarda:
Telegram • Instagram • YouTube
338 views03:54
Ochish/sharhlash
2021-02-08 06:34:53 ​​SEVGIGA QARAMLIK NEGA PAYDO BOʻLADI?

Sizga qadrli boʻlgan insonni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqish bu hali oʻzingizni topa olmaganligingizdan dalolat beradi. Oʻzingizni topa olmagansiz, ammo, siz shu kabi fazilatlarga ega boʻlgan, sizni maftun qilgan bir qadrdonni topa olgansiz. Bu insonga nisbatan sizda “sevgi olovi” yonmoqda. Uni doimo koʻrishni istaysiz. Uning borligi sizga xalovat bagʻishlaydi. Uning borligi sizning qalbingizga yoqimli... Uning borligi bilan dunyongiz charogʻon. Oʻzingizdan ham muhimroq odam sizni oʻzligingizni oʻgʻirlaydi goʻyo. Uning borligi sizga aylanadi. Siz oʻzingiz haqingizda oʻylamaysiz, faqat “U” xaqda, faqat “U “ uchun, faqat, faqat, faqat, birgina faqat...
Oʻzidan kuchliroq, eʼzozlashga loyiq, yoqimli bu inson sizning hayotingiz mazmuniga aylanganligi sizga sogʻinchli tuygʻular inʼom etadi.

Bu psixologik jihatdan sevgi qaramligi deb atalib, oʻzini topa olmagan insonning oʻzligini topish yoʻlidagi xissiyotlar junbushidir. Oʻziga oʻzi yoqqan, oʻzining kimligini topa olgan, xayot mazmunini toʻldirgan insonga hayotda yor kerak, ammo, qaramlik kerak emas. Yaʼni oʻziga ishongan inson oʻz hayotida turmush oʻrtoq topadi, ammo, bu uning mehrga qaramligiga aylanmaydi. Sevgiga muxtoj inson boshqadan mehr kutadi, mexrga tashnalikni ojizona namoyon qiladi. Menga mehr bermaydi, mendek sevmaydi, meni oʻylamaydi degan turkum iboralar segiga qaramlikning belgisidir. Bu borada ikkinchi turkum iboralar: rashkimni keltirma, qizgʻonamanda seni, sogʻinib ketaveraman, qayoqlarga boraverasiz degan. Bu bolalikdagi mexrsizlikni toʻldirish yoʻlidagi yana bir urinish goʻyo. Sevgiga qaram insoning oʻz sevgilisidan kutganlari, bolalikdagi yetishmagan mehrni qay tarzda kutgani bilan bir xildir. Sevgan insonidan qilingan talablar, qachonlardir ota-onaning bu boladan qilgan talablaridir. Sevgan inson oʻz sevgilisi uchun qilayotgan fidoiyligi oʻz ota-onasining mehrini qozonish uchun qilgan xarakatlari bilan ifodalanadi.

Munosabatlardagi qaramlikdan qanday qutilish yoʻli bor ekan?
Rashkli munosabatning asli sababi, oʻziga boʻlgan ishonchsizlikmi?
Mehrga tashnalik, mehr bera olmaslikmi?

Psixolog bilan birga oʻzingizni va oʻzligingizni topib olasiz.
Oʻzingiz oʻzingizga muammo orttirgan kundan boshlab, siz oʻzingizni topa boshlaganingiz aniq!

Ijtimoiy tarqmoqlarda:
Telegram | Instagram | YouTube
443 views03:34
Ochish/sharhlash
2021-02-05 08:45:53 ​​Ismingiz maqsadmi?

Sizning ismingiz Sanobar yoki Fozilbek boʻlishi mumkin. Ammo sizni oʻzgalardan ajratib turadigan ismingizning nomi sizning maqsadingizdir. Birovlarning ismi “aza”, bazilarning ismi “kibr”, baʼzilarniki “bekorchilik”, yana bir ism egalarining ismi “muammo” boʻlishi mumkin. Oʻsha muammoga ham maqsadingizning bir qismi deb qarasangiz, “aza”, “ayblash”, “haqorat”, “tuhmat”, “gʻazab” deb nomlamasangiz, shunda muammo sizga ichini yoradi. Nima uchun shu kunlar boshingizga tushib, muammoga kirib qolganingizni sizga yotigʻi bilan tushuntiradi, siz esa anglaysiz: Muammo sizni kuchli qilishga kelgan bir kuch!

Muammoni yechish uchun kuch topishga mashq:
Oʻzingizga maqtov eʼlon qilib koʻring. 10 daqiqa davomida koʻzingizni yumib, oʻz hayotingizga nazar tashlang. Eslay olish imkoningiz yetgan bolalikni, eng goʻdak paytingizdan boshlab xotirlang. Har bir erishgan yutuqlaringizni eslang. Faxrlansangiz arziydigan voqea-hodisalarni yod oling. Sizga ogʻriqli zarba beradigan xotiralarga boshqa nazar bilan qarang.

Yuzingizga mahzunlik beradigan xotiralarga, rahmingiz kelgan odam nazari bilan qarashdan voz keching.
Oʻsmirligingizni eslang. Boʻyingiz choʻzilib qolgan pallalarni. Doʻstlashgan birinchi koʻnglingizga yaqinlaringizni ham yod oling. Hayotingizdan yoʻqolgan, “oʻlim” degan soʻz bilan yuzlashgan birinchi xotiralar esingizga tushsin. Sizni ojiz qiladigan, uyaltiradigan, qiynaydigan xotiralarga boshqacha munosabat bildiring. Birinchi yutuqlaringizni, birinchi marralarni, birinchi fidoiylikni yod oling. Sovqotgan, chanqagan, och qolgan, “yoʻlsiz qolganman” degan oʻylaringizni “bu meni kuchli qilgan” soʻzi bilan yakunlang.
Hayotingizdan yoʻqolgan, adashgan, orqangizga oʻtib “zarba bergan” shu insonlarni ham hayollaringiz bilan yoʻqlang, ularga yaxshilik tilagan holda bu fikrlarni yakunlang. Yomon odatlar sizga yopishgan mudhish kunlarni, tunlarni, ovozlarni ham yod oling. Ulardan qutilgan oʻsha kunlarni ham yaxshilik bilan eslab koʻring.

Sizning hayollaringizga kelgan hushboʻy hidlarni ham aniqlang. Sizga dushmanlik qilib, hayollaringizdan oʻchmayotgan nopok hidlarni ham ichingizdan chiqarib tashlang. Birinchi imtihon, soʻnggi imtihon, kundalik imtihon degan iboralar uchun ham qandaydir xotiralar keladi. Ushbu xotiralarni yaxshilik soʻzlari bilan yakunlang.
Birinchi ishlagan pullaringizni eslang. Birinchi hadyangizni, birinchi ehsoningizni ham yodga oling. Uzoq vaqt sogʻinch tuygʻusi sizni qiynagan pallalarga ham bugungi koʻz bilan baho bering.

Sizning qoʻlingizga qarab turgan qoʻllarni tasavvur qiling. “Siz kimningdir qoʻllariga qarab turibsizmi?” Oʻsha insonlarning hammasiga yaxshilik tilang. Endi koʻzingizdan oqqan yoshlarni, ichingizdagi “yosh haltasini” nima uchun atalganligi haqida ham oʻylab koʻring.

Bu xotiralarning ichida baxt tushunchasini his qiling. Goʻyo miyangizning ichida baxt idishi bordek. Shu baxt idishi necha foiz toʻlgan? Baxtsizlik berayotgan foiz ichida kelajakdan qoʻrqish, hozirgi qiyin vaziyatdagi yechimsizlik, xotiradagi kek, aldoq, ogʻriq va gʻamlarni unuta olmaslik bormi? Bu qoramtir baxtsizlikni necha foizga haydab chiqara olasiz? Endi oʻsha baxtsizlikni haydab chiqish uchun oʻzingizga maqtov eʼlon qiling. Siz kuchlimisiz? Yaxshi kunlarga loyiqmisiz? Sizning tanangiz oʻzingizga yoqadimi? Yuzingizdagi kulgich oʻzingizga qanchalik yarashadi deb oʻylaysiz?
Siz baxtlisiz! Kuchingiz eng ogʻir zarbalarga ham dosh bera olgan yelkangizdadir. Kuchingiz kechira olgan qalbingizda. Kelajakga ichki koʻz yosh bilan emas, yorqin yuz bilan oʻta olishga jazm qilganingizdadir. Men yuz foiz baxtliman degan inson aldayotgandir. Ammo, shu bugundagi baxtimni his qilishga loyiqman degan inson albatta baxtga loyiq. Siz baxtlisiz!

Maqsad qoʻyish psixotexnologiyasi kitobimdan lavha.

Kitobni sotib olish uchun:
(90) 9444612 raqamiga murojaat qiling!

Zebiniso Ahmedova

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
570 views05:45
Ochish/sharhlash
2021-02-01 04:21:39 Bizning konsultatsiyamizni olib yaxshi natija ko‘rib o‘z fikrlarini bildirgan mijozlarimiz fikri:

“Hurmatli shu gruppa a’zolari man Zebiniso Ahmedovadan konsultatsiyalar olib qo‘rquvni yengdim, hattoki sochimni fen bilan qurita olmasdim, eng ahamiyatlisi konsultatsiyadan tashqari vaqtlar ham ahvolingiz bilan to‘liq ishlarkanla. Man ko‘p psixologlar bilan ishladim bu muammo boyicha, lekin konsultatsiyadan keyin umuman ahvolimni so‘ramadi, shu inson har bir holatimda qo‘limdan tutdi. Eng qizig‘i onlayn konsultatsiya olib, shuncha natija . Hammasi uchun rahmat opa ”

Siz ham bizga murojaat qiling:

Administratorga yozish.

Tel: +998909444612.

Manzil: Toshkent, Chilonzor metrosi, Integro 173 xona.
637 views01:21
Ochish/sharhlash
2021-01-28 05:58:05
Zebiniso opaning kitoblari dunyo kezmoqda!
Alhamdulillah! Qirgʻizistonga Alloh nuri yogʻilsin. Ilmi ziyoda boʻlsin.
Duoi salomlar ila:
Dunyoning barcha mamlakatlariga kitob yetkazib berishimiz mumkin pochta orqali.

Uyingizda psixologingiz bor!
Bu Zebiniso Ahmedovaning kitoblari!

Murojaat qiling:
909444612.

Sayt: uzpsixolog.uz
Psixolog sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
841 views02:58
Ochish/sharhlash
2021-01-20 11:17:30 ​​Ҳар бир муаммо инсонга ҳизмат қилади.

Қандай қилиб дейсизми?

Муаммонинг ечилмаслигидан кимдир манфаатдор. Муаммонинг ечилмаслиги кимгадир ҳизмат қилмоқда. Бу инсон балким сиздирсиз. Муаммони ечиш янаям мушкулроқ муаммо пайдо қилишини билиб ўзингизни шундай тутаётгандирсиз. Нима бўлганида ҳам агар сизга муаммони ечиш керак бўлганида, сиз муаммони ҳаёт мақсадингизга айлантирган бўлар эдингиз!

Ушбу китобдаги энг кучли дўстингиз, мақсадингизнинг устуни, ҳаётингизнинг кучини олувчи, яшашга куч бағишловчи, фикрларингизни ўғирлаган, жамлаган пулингизга эга чиққан, пулсизликда йўл кўрсатган, иродангизга журъат бахш этган МУАММО ҳақида билим бермоқчиман. Муаммо ҳеч қачон душман эмас. Муаммони мақсадга айлантира олмаслик муаммо билан душманлашишдир. Дўст муборак бўлсин! Исми “Муаммо!”!

P/S: Семизлик муаммоси менга керак эмас! Дангасалигим ҳам керак эмас! Ўқишга киришим учун тайёрланмаётганлигим ҳам керак эмас. Бу муаммолар менга ҳизмат қилаётганлиги алдов! Албатта озишни истардим. Агар россаям озишни истаганингизда ойлаб овқат емас эдингиз. Ойлаб рўза тутиш қўлингиздан келмаганидан кейин, семизлик овқатни яхши кўришингизга ҳизмат қилаётганлигини тан олингда!

Дангасалигим ҳам керак эмас, менга дангасалик ҳизмат қилишига ишонмайман!" дейишингиз мумкин. Агар қаердандир пул келмаганида, дастурхонингизда бир коса овқатингиз бўлмаганида албатта туриб ўтниям илдизини янчиб ейишга тушардингиз. Демак, дангасалик сизга ҳизмат қилаяпти. Ўзингизнинг ҳаловатингизни йўқотмасликни исташингизга ҳизмат қилмоқда. Яна қандай муаммони айтасизки, унинг сизга қандай ҳизмат қилаётганлигини тушунтириб берсам?!

"Муаммони ечиш психотехнологияси" китобимдан лавҳа.


Тел: +998909444612

Сайт: uzpsixolog.uz
Психолог сахифалари:
Telegram | Instagram | YouTube
1.3K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2021-01-19 16:12:06
Ишончни ўн йиллар давомида топилмайди. Ишончни ўн йиллар давомида шакллантирилмайди.

Битта қарор, битта журъат, битта нафас ва тишни тишга махкам қўйиш. Бу эски, бирданига йўқ бўлмайди деганлар менга иншо ёзишмасин. Битта нафас етарли. Сиз бошқа инсонга айланасиз. Азроилдан қўрқиш керак эмас. Аммо Азроил келгунича ўлиш ҳам керак эмас. Ўзингизга ишонмаслик бу ўзини кўмиш, тириклайин нафасини бўғиш ва ўлдириш билан баробар.

Устингиздан кулишса, ўтиб кетади, тухмат ўтиб кетади, касаллик ўтиб кетади, нафас олишдан тўхтамаяпсизми, демак яшаш керак.

Рухият нафаси эса, ишонч, Яратганга суяниб, ўзингизга ишонч. Аввало, нафас олаётганингизга ишонинг.

Энди бир дақиқа нафас олманг.

Қандай бўларкан? Рухият нафас олмаётган бўлса-чи? Нафас олинг рухиятингизга, нафас олинг, ишонинг, ўтиб кетади, яна ўтиб кетади, ҳаммаси ўтиб кетади.

Қочманг, енгинг! Битта нафас ва енгинг!
...................

Зебинисо Аҳмедова

Сайт: uzpsixolog.uz
Психолог саҳифалари:
Telegram | Instagram | YouTube
1.1K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-01-19 16:07:18
Vaxima, qoʻrquv, yomon hayol va xavotirda psixoterapevt Zebiniso Axmedova yordam beradi.

- Yaqinlaringizda vaxima (vos-vos), qoʻrquv bormi?
- Kovid boʻlib qolishdan, (rak boʻlib qolish, biror kasalga chalinib qolish) dan qoʻrqishayaptimi?
- Yomon hayollar tark etmayaptimi?
- Yopishqoq, shilqim yomon xayollar kelganida xavotir tutmayaptimi?
- Uyqusizlik, biror narsa boʻlib qolishdan ham qoʻrqish bormi?
- You tube dagi ushbu videolarni koʻrib 40-60% tuzalasiz.

Oxirigacha yordam berishga va yuz foiz natija olishingizga psixoterapevt Zebiniso Axmedovaning yuzlab odamlarni shu xolatdan chiqargan tajribasi yordam beradi.

Buning uchun bizga bog'laning.

Administratorga yozish.

Tel: +998909444612

Sayt: uzpsixolog.uz
Psixolog sahifalari:
Telegram • Instagram • YouTube
763 views13:07
Ochish/sharhlash
2021-01-10 17:00:58 Вахима, қўрқув, ёмон хаёл ва хавотирда психотерапевт Зебинисо Ахмедова ёрдам беради.

- Яқинларингизда вахима (вос-вос), қўрқув борми?
- Ковид бўлиб қолишдан, (рак бўлиб қолиш, бирор касалга чалиниб қолиш) дан қўрқишаяптими?
- Ёмон хаёллар тарк этмаяптими?
- Ёпишқоқ, шилқим ёмон хаёллар келганида хавотир тутмаяптими?
- Уйқусизлик, бирор нарса бўлиб қолишдан хам қўрқиш борми?
- You tube даги ушбу видеоларни кўриб 40-60% тузаласиз.

Охиригача ёрдам беришга ва юз фоиз натижа олишингизга психотерапевт Зебинисо Ахмедованинг юзлаб одамларни шу холатдан чиқарган тажрибаси ёрдам беради.

Хозироқ мурожат қилинг ва Невроз касаллигидан халос бўлинг!

Мурожат учун тел: +998909444612

Расмий каналга уланинг
https://t.me/joinchat/RNZ4R_EunwYpteg2
1.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-01-06 09:40:23
Қайси китоб керак?

Видеода кўрсатилган 50 га яқин китоблар Сиз азизлар учун!!!

Китоблар
— Психология
— Оила, Тарбия ва Муносабатлар
— Бизнес ва Тадбиркорлик
— Ҳаёт ва Илм мавзуларида

— Психолог Зебинисо Аҳмедова китобларидан хоҳлаганингиз ёки ҳаммасини танланг!
— @KitobBuyurtmaBOT телеграм ботига ёзиб, буюртма беринг!
— Танлаган китобларингизни УЙИНГИЗГА ЕТКАЗИБ БЕРАМИЗ!
— Мазза қилиб китобларни мутолаа қилинг!

Китобларни буюртма қилиш учун
МАНА БУ ЕРНИ БОСИНГ!

Ва расмий каналга уланиш учун
МАНА БУ ЕРНИ БОСИНГ!

ЯҚИНЛАРИНГИЗГА УЛАШИНГ!
1.0K views06:40
Ochish/sharhlash