Get Mystery Box with random crypto!

Psixolog - Z. Ahmedova

Telegram kanalining logotibi uzpsixologuz — Psixolog - Z. Ahmedova P
Telegram kanalining logotibi uzpsixologuz — Psixolog - Z. Ahmedova
Kanal manzili: @uzpsixologuz
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 666
Kanalning ta’rifi

➖Z. Ahmedova bilan bog'lanish:
☎️ 998 90 999 2289
📨 @PsixologZebiniso
➖Rasmiy sayt:
👉 UzPsixolog.Uz
➖Sayt Guvohnomasi
👉 uzpsixolog.uz/guvohnoma2018

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-12-31 15:40:38
Зебинисо Аҳмедова каналида жойлаб борилаётган Шарифа ҳикоясининг барча қисмларини осон топиш учун сизда 2 та усул борлигини эслатиб ўтмоқчимиз:

1 усул: #шарифа ҳештегини устига босиш орқали керакли қисмни топишингиз мумкин.

2 усул: Пастда биз берган линклар устига босиш орқали ихтиёрий қисмни топишингиз мумкин.

Бугун янги йил совғаси сифатида ҳикоянинг 70-қисмини тақдим қиламиз!!!

Катта совғани, мазза қилиб мутолаа қилинг!

70-қисм.

"ШАРИФА ёҳуд севги ва ХИЁНАТ"

Расмий каналга
уланиш
:
» @ZebinisoPsixolog

» Инфо канал
» Инстаграм саҳифа

РАСМИЙ САЙТ:
doktorzebiniso.uz
1.4K views12:40
Ochish/sharhlash
2021-10-25 07:36:59
Оқибати ЁМОН бўлади - нега ФАРЗАНДингиздан хафа бўляпсиз?

YouTubeда томоша қилинг!
https



Youtube саҳифа

_______ ИНФО _______
Консультация олиш учун мурожаат қилинг:
Тел: +998908055580
Тел: +998909444612

Каналга уланиш: @zebinisopsixolog
2.7K views04:36
Ochish/sharhlash
2021-10-17 10:27:42 ​​Невротик эҳтиёжлар

1. Ҳаммага ёқиш учун харакат қилиш.
2. Ҳимоя қилувчи инсонининг бўлиши.
3. Конфликтлардан қочиш.
4. Ўз манфаати йўлида яқинларни назорат қилиш.
5. Яхши яшаш учун яқинларидан фойдаланиш.
6. Мақташлари учун харакат қилиш.
7. Ўзгаларнинг эьтироф этиб тан олишлари учун мақтаниш.
8. Бошқаларнинг кучи билан бирор мавқега эришиш.
9. Ҳечкимга бўйсунмаслик, фикрини инобатга олмаслик.
10. Доимо “МЕН ХАҚМАН!” деб яшаш.
1-3 пункт сизда бўлса, демак сиз бошқаларга ён босувчисиз.(инсонлар учун яшаш).

4-8 пунктлар сизда бўлса – агрессия, хукмини ўтказиш учун яшаш. (инсонларга қарши).

3,9,10-хавфдан қўрқиб яшаш ва қочиш. (инсонлардан узоқлашиш).

Ваҳима китобини сотиб олиш учун ва ваҳима, қўрқув, ёмон ҳаёл ва хавотирда психотерапевт Зебинисо Аҳмедова ёрдам беради.

Тел: +998908055580
Тел: +998909444612

Youtube саҳифа

Каналга уланиш: @zebinisopsixolog
2.4K views07:27
Ochish/sharhlash
2021-10-06 16:57:08 ​​ТАРБИЯ ЎЗИ НИМА?

ТАРБИЯ бу — сиз ўйлаб топган идеалингизга болангизни ўхшатиш учун қилаётган ҳатти-ҳаракатларингиз жамланмасидир. Ҳар доим ота-она фарандини тарбиялаганда ўз эҳтиёжларини ҳисобга олади. Яъни фарзанд обрў учун, сизнинг талабларингизга жавоб бериши учун, сизнинг эҳтиёжларингизни қондириши учун тарбияланаётган бўлиши мумкин.

Фарзандингизга қимматбаҳо кийим кийгазиш бу тарбия эмас, бу сиз учун керак бўлган бир ҳолат. Агар сизнинг фарзандингиз қимматбаҳо кийим кийса, сиз ўзингизни шунга қодир бўлганингиздан қониқасиз, ва шу кийимни олиб берганингиз ҳақида бошқаларда фикр пайдо бўлишига интилмоқдасиз холос.

Болани тўғри тарбиялаётган ота-она билан нотўғри тарбиялаётган ота-онанинг фарқи «Бола тарбиясига қани вақт» дейишларидадир. Нималарга вақт топаяпсиз? Ўзингизга хисоб беринг. Вақт бугалтериясини аниқ хисоб-китоб қилинг. Бола учун ажратилган вақтга хиёнат қилманг. Бу вақтни телевизор кўриш учун, телефонда бекорчи гаплашиш учун ажратманг.

Бола тарбиясидаги муаммоларда психолог маслаҳатини олинг, бизга мурожаат қилинг:

+998909444612
+998908055580

Каналга уланиш: @zebinisopsixolog
2.3K views13:57
Ochish/sharhlash
2021-09-25 08:27:11
Ajoyib va yondiradigan yangilik

Doktor, Psixolog, Psixoterapevt — Zebiniso Ahmedova komandasidan SUPER TAKLIF:

— Bolangiz kelajakda kuchli bilim egasi bo'lishini istaysizmi?
— Uning kelajagi sizni xavotirga solyaptimi?
— Farzandingiz psixologik va ma'nan yetuk inson bo'lishini istaysizmi?

Unda ushbu imkoniyatlardan foydalaning.

5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun MNEMONIKA va MENTAL ARIFMETIKA mashg'ulotlariga qabul boshlandi

AGAR SIZ:
— bolalaringiz xotirasi kuchli (mnemonika);
— hech qanday kalkulyatorlarsiz hisob-kitob qila oladigan (mental arifmetika);
— tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobilyatini oshiradigan;
— qaror qabul qilishda ikkilanmaydigan;
— kubik-rubikni bir necha turlarini terishni biladigan;
kabi qobilyatlarga ega bo'lishini va intellekti yuqori shaxs bo'lib yetishishini xohlasangiz

Mashg'ulotlarga farzandingizni olib keling yoki batafsil ma'lumot uchun bizga — quyidagi raqamlarga murojaat qiling!
+998(99) 050 95 96
+998(94) 905 00 96
2.3K views05:27
Ochish/sharhlash
2021-09-07 23:07:06
Asabiylikning eng oddiy sabablari va undan qutilish uchun birlamchi choralar ....
3.3K views20:07
Ochish/sharhlash
2021-08-15 09:21:44 » Депрессиянинг оғирлик даражасини кўрсатиб берувчи босқичлари ҳақида биласизми?

» Депрессиядан чиқиш учун нима қилишингиз лозим?

— Ниқобли депрессия босқичи.
— Соматизированная депрессия босқичи.
— Циклотимик депрессия босқичи.
— Меланхолик депрессия босқичи.

Мурожаат қилинг:
+998909444612
+998908055580

Ва ФМ каналга уланинг:
@UzpsixologuzFM
2.8K views06:21
Ochish/sharhlash
2021-08-15 09:21:14 2 йилдан буён уйдан чиқмаган ваҳима касал бўлган аёл телефон орқали битта консультациядаёқ қўрқувлари кетиб кўчага чиқа олди.
Алҳамдулиллаҳ!

Қайси методдан фойдаланиб ишладим:
» 1. Психорелаксация.
» 2. EMDR психологик травма ва қўрқув ўчирилди.
» 3. Кўзига кўринувчи “пичоқ” расми ва “ўлиб қоламан” деган ёпишқоқ фикр EMDR методи билан ўчирилди.
» 4. Тана психотерапияси Вильгельм Райх методи билан “мушак тош қотишлари” (мышечный панцырь, мышечные блоки) ечилди.
» 5. НЛП методи бўйича программа алмаштирилди.
» 6. Метафора методи бўйича онг остига янги тасаввурлар киритилди.
» 7. Гипноз методи билан миядаги Ухтомский доминантаси олиб ташланди.
» 8. “Янгиланган мен” ACT методи билан якунланди.

Бу методларни битта консультацияда ишлатдим ва натижани Бисмилло деб айтибдилар.

Агорафобия, социофобия, Панические атаки, фобофобия, спидофобия, кардиофобияларда бизга мурожаат қилинг:
+998909444612
+998908055580

Ва ФМ каналга уланинг:
@UzpsixologuzFM
2.4K views06:21
Ochish/sharhlash
2021-02-11 15:07:16 ​​BOLALAR OʻGʻRILIGI

Oʻgʻrilik — kleptomaniya va bolalar oʻgʻriligi bir-biriga uncha bogʻliq boʻlmagan hodisalardir. Oʻgʻrilik psixik ogʻish boʻlib hisoblanadi va bolalikda kamdan-kam kuzatiladigan kasallikdir. Demak, bolalardagi oʻgʻrilik kleptomaniya kasalligiga bogʻliq emas ekan, u bola ruhiyatining buzulishiga bogʻliqdir.

BOLALARDAGI OʻGʻRILIKNING SABABLARI

Bolaning har bir yoshida oʻgʻrilikning oʻz sababi bor. Maktabgacha boʻlgan boladagi oʻgʻrilik sabablari:
1. Biror narsaga ega boʻlish istak hoxishining kuchliligi. Masalan, oʻrtogʻidagi yangi oʻyinchoq orzusi, bu bolani oʻsha oʻyinchoqni oʻgʻirlab olishiga sabab boʻladi. Bunda bola “meniki”, “seniki”, “uniki” va “hammaniki” kabi tushunchalarni adashtirib yuborganligi. Ammo oʻyinchoqga boʻlgan orzu tagida, ota-onaning farzand istaklari bilan qiziqmaganligi yotadi.
2. Bolaning oʻz yaqinlariga sovgʻa qilish istagi sababli oʻgʻrilik qilishi. Demak, bolaga ota-ona tomonidan kamdan-kam sovgʻa berilmoqdaki, bu istakni boshqalarga koʻrsatib oʻzidan qoniqish hosil qilish vaziyati paydo boʻlmoqda. Koʻpincha bolalar onasiga oʻgʻrilik maxsulini taqdim etadilarki, ona tomonidan mehr berilmayotganligini taʼkidlashimiz mumkun.
3. Boshqalarni oʻziga jalb qilish maqsadida oʻgʻrilik qilish. Birovning narsasini oʻziniki qilib koʻrsatish istagi tagida, oʻrtoqlari uni tan olmayotganligi yengilishi yotadi.
4. Kimnidir jazolash yoki oʻch olish maqsadida narsasini oʻzlashtirish.
5. Farzandingiz 8-11 yosh boʻlganida oʻgʻrilikning paydo boʻlishi irodasizlik oqibatida boʻlishi mumkun. “Istayman” degan hohishi oʻrniga “Mumkun emas” degan qarorni ayta olmaganligi sabab boʻladi.
6. Farzandning 12-15 yoshidagi oʻgʻrilik bilib qoʻyilgan qadamdir.

Oʻgʻrilik qilinganligini aniqlaganda rioya qilinadigan 10 ta qoida.

Har bir ota-ona uchun qoidalar:
• Qoida 1: Farzandingizga oʻgʻrilik nima ekanligini tushuntiring. Oʻgʻrilikni man eting! Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring. чётко высказать отрицательную оценку действиям ребёнка (действиям, а не личности!) с конкретным запретом на воровство.
• Qoida 2: Oʻz narsasini oʻgʻrilatib qoʻygan inson hatti-xarakatlari va oʻgʻriga nisbatan paydo boʻlgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.
• Qoida 3: Farzandingizga “oʻgʻri” degan yorliq qoʻyishdan, undan nafratlanishdan oʻzingizni tiying. Farzandingizni yaxshi koʻrishingizni, bu qilgan ishini yomon koʻrayotganligingizni tushuntiring. Hozircha harakati oʻgʻrilikga aylangan farzandingizning oʻzi ham oʻgʻriga aylanishiga yoʻl qoʻymang.
• Qoida 4: Oʻgʻriligi haqidagi hodisani oʻzi bilan holi qolgan holda tahlil qiling. Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda urushing, hammaning oldida yaxshi tomonlarini ayting
• Qoida 5: “Qanday qilib buni qila olding!”, “Sen mening yuzimni oʻylamadingmi?!” kabi kattalarga hos soʻzlarni ishlatib farzandingizni tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga kiritmang. Bu gapirgan ayblovlaringizning foydasidan ziyoni koʻp boʻladi.
• Qoida 6: Boshqa tengdoshlariga va oʻzingizning yoshligingizga solishtirmang. “Men sendek paytimda...” deb boshlanadigan maʼruzangizni farzandingiz psixikasi tushuna olmaydi.
• Qoida 7: Qilgan oʻgʻriligini tahlil qilganda oʻrtacha meyorda boʻlingki, keyingi safar qilgan hatosini yashirmaslikka oʻrgansin.
• Qoida 8: Tahlil qilib boʻlganingizdan keyin boshqa bu narsa qaytarilmasligiga kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang va farzandingiz ham eslamasligi kerakligini tushuntiring. Har safar eslashingiz farzandingizni bu voqeani qilganligi sabablarini qidirishiga va oʻzini oqlash uchun sabablar topishiga undaydi.
• Qoida 9: Oʻgʻrilik sababini yoʻqotish yoʻllarini qidiring.
• Qoida 10: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi hatolik farzandingizning oʻgʻrilik qilishiga sabab boʻlganini toʻgʻri tushuning.

Zebiniso Ahmedova
(Farzand tarbiyasidagi murakkab holatlarda psixolog maslaxati” kitobimdan lavha.)

Ijtimoiy tarqmoqlarda:
Telegram • Instagram • YouTube
262 views12:07
Ochish/sharhlash