Get Mystery Box with random crypto!

​​SEVGIGA QARAMLIK NEGA PAYDO BOʻLADI? Sizga qadrli boʻlgan i | Psixolog - Z. Ahmedova

​​SEVGIGA QARAMLIK NEGA PAYDO BOʻLADI?

Sizga qadrli boʻlgan insonni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqish bu hali oʻzingizni topa olmaganligingizdan dalolat beradi. Oʻzingizni topa olmagansiz, ammo, siz shu kabi fazilatlarga ega boʻlgan, sizni maftun qilgan bir qadrdonni topa olgansiz. Bu insonga nisbatan sizda “sevgi olovi” yonmoqda. Uni doimo koʻrishni istaysiz. Uning borligi sizga xalovat bagʻishlaydi. Uning borligi sizning qalbingizga yoqimli... Uning borligi bilan dunyongiz charogʻon. Oʻzingizdan ham muhimroq odam sizni oʻzligingizni oʻgʻirlaydi goʻyo. Uning borligi sizga aylanadi. Siz oʻzingiz haqingizda oʻylamaysiz, faqat “U” xaqda, faqat “U “ uchun, faqat, faqat, faqat, birgina faqat...
Oʻzidan kuchliroq, eʼzozlashga loyiq, yoqimli bu inson sizning hayotingiz mazmuniga aylanganligi sizga sogʻinchli tuygʻular inʼom etadi.

Bu psixologik jihatdan sevgi qaramligi deb atalib, oʻzini topa olmagan insonning oʻzligini topish yoʻlidagi xissiyotlar junbushidir. Oʻziga oʻzi yoqqan, oʻzining kimligini topa olgan, xayot mazmunini toʻldirgan insonga hayotda yor kerak, ammo, qaramlik kerak emas. Yaʼni oʻziga ishongan inson oʻz hayotida turmush oʻrtoq topadi, ammo, bu uning mehrga qaramligiga aylanmaydi. Sevgiga muxtoj inson boshqadan mehr kutadi, mexrga tashnalikni ojizona namoyon qiladi. Menga mehr bermaydi, mendek sevmaydi, meni oʻylamaydi degan turkum iboralar segiga qaramlikning belgisidir. Bu borada ikkinchi turkum iboralar: rashkimni keltirma, qizgʻonamanda seni, sogʻinib ketaveraman, qayoqlarga boraverasiz degan. Bu bolalikdagi mexrsizlikni toʻldirish yoʻlidagi yana bir urinish goʻyo. Sevgiga qaram insoning oʻz sevgilisidan kutganlari, bolalikdagi yetishmagan mehrni qay tarzda kutgani bilan bir xildir. Sevgan insonidan qilingan talablar, qachonlardir ota-onaning bu boladan qilgan talablaridir. Sevgan inson oʻz sevgilisi uchun qilayotgan fidoiyligi oʻz ota-onasining mehrini qozonish uchun qilgan xarakatlari bilan ifodalanadi.

Munosabatlardagi qaramlikdan qanday qutilish yoʻli bor ekan?
Rashkli munosabatning asli sababi, oʻziga boʻlgan ishonchsizlikmi?
Mehrga tashnalik, mehr bera olmaslikmi?

Psixolog bilan birga oʻzingizni va oʻzligingizni topib olasiz.
Oʻzingiz oʻzingizga muammo orttirgan kundan boshlab, siz oʻzingizni topa boshlaganingiz aniq!

Ijtimoiy tarqmoqlarda:
Telegram | Instagram | YouTube