Get Mystery Box with random crypto!

Online Maktab | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal | O
Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @uzeduonlinemaktab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.02K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta'limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali
Xalq ta'limi vazirligining rasmiy kanali: @uzedu
Mover: https://mover.uz/channel/uzedu
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCl7z3EkGaM4NA0NcB_phIAg/

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-12-16 12:46:53
30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan vazirlikning Milliy taʼlim resurslari Youtube kanaliga yuklangan videodarslarga minglab ijobiy kommentlar

Qisqa muddatda mazkur kanal obunachilari soni 42 mingga yetdi, videodarslarni ko‘rishlar soni esa 600 mingdan oshdi. (Xa to'g'ri o'qidingiz 2 oyda - 600 ming)

Eng quvonarlisi kuzatuvchilarimiz tomonidan barcha yo‘nalishlardagi videolar ostida minglab ijobiy va samimiy izohlar qoldirishmoqda.

Bizning jamoamiz tomonidan yaratilayotgan videodarslar mamlakatimiz yoshlari uchun qiziqarli va foydali bo'layotganini bilish biz uchun katta motivatsiya beradi.

Hurmatli yoshlar !!!
Agar Siz zamonaviy bilim va ko'nikmalarni bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo'laman deb maqsad qilgan bo'lsangiz - Milliy taʼlim resurslari kanaliga obuna bo'lib o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda 700dan ortiq videodarslarni o'rganishni boshlang!

Ushbu loyihani qo'llamoqchi bo'lsangiz yoki yaxshilash bo'yicha takliflaringiz bo'lsa mazkur post ostida fikringizni izohlarda qoldiring.

#like #komment #repost

https://t.me/rkarimjonov
881 views09:46
Ochish/sharhlash
2022-12-13 12:41:01
To'g'ri ovqatlanish tartib-qoidalari qandayligini bilasizmi?

To'g'ri ovqatlanish qoidalariga ko'ra kun davomida necha marotaba ovqatlanish kerak?

Inson sog'lom bo'lishi, salomatligini saqlashida to'g'ri ovqatlanish juda muhimdir.

Farzandlaringiz bilan birgalikda bu kabi foydali ma'lumotlarni "Tabiiy fanlar 1-4 sinflar uchun" onlayn darslari yordamida o'rganishingiz mumkin.

Xalq ta'limi vazirligining Youtubedagi Milliy ta'lim resurslari kanalidagi "Tabiiy fanlar 1-4 sinflar uchun" kursi bilan tanishishni aslo unutmang!


71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube
1.3K views09:41
Ochish/sharhlash
2022-12-11 13:57:47
#Seminar

"Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan Xorazm viloyatining 110 ta maktablari natijalari eʼlon qilindi

Xorazm viloyatidan qatnashgan maktablarni taqdirlash marosimi Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi. Unda 2022-yilda “Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan 110 ta maktablar natijalari eʼlon qilindi.

Taʼkidlash kerakki, Xorazm viloyati umumiy natijalarga ko‘ra eng yaxshi ko'rsatgichni qayd etdi.

Tadbirda yaxshi natija ko'rsatgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlari topshirildi, past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab" larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirdan fotolavhalar.
2.6K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-12-10 15:17:02
Boku shahrida joylashgan 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston kuni o'tkazildi

"SAF 2022" Xalqaro festivalida ishtirok etgan va bir necha toifalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston STEAM jamoasi, O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Boku shahridagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan "O'zbekiston kuni" ga taklif qilindi.

Maktab o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini hamda xalqimiz madaniyatiga xos raqs va kuy-qo'shiqlarni namoyish etdilar.

O'zbekiston 2022-yilda OCEP dasturiga kirdi. Ushbu dastur madaniyat, ta'lim va davlatlarning do'stona munosabatlarini o'rnatish uchun xizmat qiladi. Ozarbayjon Respublikasida OCEP dasturiga 2019-yilda a'zo bo'lgan.

Ushbu dasturni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston va Ozarbayjon maktablari o'rtasida hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilgan.
2.7K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-12-10 13:25:02
Bundan 30 yil avval, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼriga taniqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan bastalangan kuy mustaqil O‘zbekistonning madhiyasi sifatida qabul qilingan edi.

Davlat madhiyasi - o‘zida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan samimiylik va bag‘rikenglikni ifoda etib, serquyosh Vatanimiz qadri, ilm-fan ravnaqiga bo‘lgan eʼtibor va har bir navqiron o‘g‘il-qiz qalbiga kirib borguvchi vatanparvarlik xissi bilan boyitilgan.

Aziz Vatandoshlar, Davlat madhiyasi kuni barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!
2.6K views10:25
Ochish/sharhlash
2022-12-10 06:08:02
O'zbek adabiyotining eng durdona asarlari hisoblangan, adib Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Uloqda" kabi mumtoz asarlar “Kitob.uz” platformasidan munosib o'rin egalladi!

Barcha kitobxonlarning birdek qalbidan joy egallagan, sevib mutolaa qiladigan elektron formatdagi shox asarlar “Kitob.uz” platformasiga doimiy ravishda joylab borilmoqda.

“Kitob.uz”ni kuzatishda davom eting!

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube
2.7K views03:08
Ochish/sharhlash
2022-12-09 13:51:02
"SAF 2022" Ozarbayjon Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan musobaqada jamoamiz Oltin medal sohibi bo‘ldi

Ayni damda "SAF 2022" Xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan musobaqaning "High school survivor", "Innovative exhibition" va "Robokids Primary" toifalarida ishtirok etgan O‘zbekiston STEAM jamoasi natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra jamoamiz Oltin va Bronza medallarini qo'lga kiritdi.

"Robokids Primary" toifasida qatnashgan Vatanimiz STEAM jamoasining kichik yoshdagi vakillari eng yuqori natijani ko‘rsatib, Oliy o‘rin sohibiga aylandilar.

"High school survivor" toifasida qatnashgan jamoamiz vakillari esa, Bronza medaliga sazovor bo'ldilar.

Yurtimiz shaʼnini Xalqaro maydonda munosib himoya qilgan jamoamiz aʼzolarini va butun STEAM jamoasini ushbu yutuq bilan chin dildan qutlaymiz!
2.7K views10:51
Ochish/sharhlash