Get Mystery Box with random crypto!

'SAF 2022' Ozarbayjon Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan | Online Maktab | Rasmiy kanal |

"SAF 2022" Ozarbayjon Xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan musobaqada jamoamiz Oltin medal sohibi bo‘ldi

Ayni damda "SAF 2022" Xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan musobaqaning "High school survivor", "Innovative exhibition" va "Robokids Primary" toifalarida ishtirok etgan O‘zbekiston STEAM jamoasi natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra jamoamiz Oltin va Bronza medallarini qo'lga kiritdi.

"Robokids Primary" toifasida qatnashgan Vatanimiz STEAM jamoasining kichik yoshdagi vakillari eng yuqori natijani ko‘rsatib, Oliy o‘rin sohibiga aylandilar.

"High school survivor" toifasida qatnashgan jamoamiz vakillari esa, Bronza medaliga sazovor bo'ldilar.

Yurtimiz shaʼnini Xalqaro maydonda munosib himoya qilgan jamoamiz aʼzolarini va butun STEAM jamoasini ushbu yutuq bilan chin dildan qutlaymiz!