Get Mystery Box with random crypto!

#Seminar 'Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar aso | Online Maktab | Rasmiy kanal |

#Seminar

"Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan Xorazm viloyatining 110 ta maktablari natijalari eʼlon qilindi

Xorazm viloyatidan qatnashgan maktablarni taqdirlash marosimi Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi. Unda 2022-yilda “Zamonaviy maktab” larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan 110 ta maktablar natijalari eʼlon qilindi.

Taʼkidlash kerakki, Xorazm viloyati umumiy natijalarga ko‘ra eng yaxshi ko'rsatgichni qayd etdi.

Tadbirda yaxshi natija ko'rsatgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlari topshirildi, past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab" larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirdan fotolavhalar.