Get Mystery Box with random crypto!

Online Maktab | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal | O
Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @uzeduonlinemaktab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.02K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta'limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali
Xalq ta'limi vazirligining rasmiy kanali: @uzedu
Mover: https://mover.uz/channel/uzedu
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCl7z3EkGaM4NA0NcB_phIAg/

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-02-16 12:58:29 #milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

Kiberxavfsizlik mutaxassislari kimlar?

Kiberxavfsizlik mutaxassisining - vazifasi dasturlar, saytlar va mobil ilovalardagi zaifliklarni izlash, maʼlumotlarni himoya qilish va xakerlar hujumlariga qarshi kurashishdir;

ushbu kasbni egallash uchun kurslar o‘rtacha 12 oydan boshlanadi;
Kiberxavfsizlik mutaxassislari O‘zbekiston hududida 10 000 000 so‘mdan boshlangan, jahon miqyosida esa, 4000$ dan boshlangan maosh oladilar;
eng muhimi, ushbu soha vakillarining boshqa IT-yo‘nalishidagi mutaxassislar kabi yoshi chegaralanmagan.
_________________________________________________

Kiberxavfsizlik mutaxassisligi kasbini egallashga qiziqib qoldingizmi?

Ushbu kasbni yanada tez va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda, 24/7 hamda mutlaqo bepul o‘rganing!

Buning uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Kiberxavfsizlik” onlayn kursini birinchilardan bo‘lib puxta o‘zlashtiring.

itsm.uz I ITSM I ITSM I ITSM I Milliy ta'lim resurslari
2.1K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-02-09 14:46:40
Jamoamiz bilan 3 oy oldin boshlagan loyihamiz - Youtubedagi "Milliy ta'lim resurslari" kanali obunachilari soni 100 MINGdan oshdi

"
Milliy ta'lim resurslari" kanaliga qo'shilmagan bo'lsangiz albatta qo'shiling, ushbu kanalda Siz 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o'z ichiga olgan 800 dan ortiq o'zbek tilidagi videodarslarni bepul o'rganishingiz mumkin.

Ushbu loyihani amalga oshirishda mehnat qilayotgan hamda hududlarda yoshlar orasida targ'ibot ishlarini olib borayotgan barcha hodimlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Obunachilar soni 10 mingga yetganda xodimlarga Pizzaga erigan edim va yaxshi niyat qilib obunachilar soni 100 mingdan oshsa osh qilib beraman, jamoa bilan nishonlaymiz deb va'da bergandim.

Obunachilar soni 1 million va videodarslarni ko'rishlar son 10 milliondan ortadigan bo'lsa nima qilamiz
658 views11:46
Ochish/sharhlash
2023-01-25 14:43:00

#Kasblar_olamiga_sayohat
#Mening_kelajakdagi_kasbim

Metallurgning bir ish kuni!

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil kasb va hunar o‘rgatilishi bo’yicha vazifa qo’yildi.

Biz o’quvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga bo'lgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz.

Metallurg — metal qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan og‘ir sanoat mutaxassisi sanaladi.

Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan og‘ir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.

Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ma’lumot uchun: 2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Eslatib o'tamiz: Bundan oldingi videorolik orqali "Kimyogar texnolog"ning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib o'tgan edik.
5.1K views11:43
Ochish/sharhlash
2023-01-20 09:36:44


3-chorakdan boshlab maktabdagi kompyuterlardan samarali foydalanish bo'yicha o'quvchilarimizga tavsiyalar ishlab chiqildi.

Rasmda:
O'quvchilarimiz o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun foydali ta'lim resurslari ro'yxati
O'quvchilarimiz shaxsiy rivojlanish hamda qo'shimcha ko'nikmalarni egallashlari uchun foydali ta'lim resurslar ro'yxati.

Ushbu tavsiyalar respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarida informatika sinf xonalaridagi har bir kompyuter yoniga qo'yiladi, o'quvchilarimizga doimiy eslatma bo'ladi.

Aytgancha ushbu ta'lim resurslaridan talabalar ham bemalol foydalanishsa bo'ladi.
1.9K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-01-20 08:12:47 Online Maktab | Rasmiy kanal | pinned a photo
05:12
Ochish/sharhlash
2023-01-19 21:44:30
Dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Carlson dunyoning eng iqtidorli yulduzi Nodirbek Abdusattorov bilan dona surmoqda.

Sizningcha o'yin yakuni qanday yakunlanadi?

O’yin yakunlanishiga oz qoldi, shaxmat olamida katta sensatsiya bo’lish arafasida.


Nodirbekdan TARIXIY G’ALABA! Barcha O’zbekistonliklarni va Nodirbek Abdusattorovni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz!
2.9K views18:44
Ochish/sharhlash
2023-01-19 16:27:47


Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish
Apple Store | Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:

bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
adabiy janrlarning boy tanlovi;
portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
1.5K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-01-17 13:01:00
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy etishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
1.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-01-10 12:11:57
Qishki ta’til kunlarida o’zingizni nima bilan mashg’ul qilishni bilmayapsizmi

Sizda zamonaviy kasblarni bepul o'rganish istagi bor, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Veb-dizayn qanday soha?
Biznes reja qanday tuziladi?
Dasturlash qiyinmi?
Sun'iy intellekt o'zi nima?
Mijozlarni qanday topish mumkin?

Shu kabi savollarga javob olish istagingiz bo’lsa, YouTube dagi “Milliy ta’lim resurslari” kanali orqali barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Qishki ta’tilingizda zamonaviy kasblarni onlayn tarzda mutlaqo bepul o'rganing va vaqtingizni samarali o’tkazing.
2.6K views09:11
Ochish/sharhlash
2023-01-09 15:34:14


#Foydali_talim_resurslar #qishki_tatil

Uzaytirilgan qishki ta'tilni maroqli va foydali o'tkazish bo'yicha tavsiyalar

1. Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling va 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing hamda 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang.

2. Kitob o'qishdan zeriksangiz Smart Land mobil ilovasini yuklab oling va o'yin ko'rinishidagi 1000ga yaqin interaktiv mashqlarni yeching va bilimingiz charxlang, kreativligingizni oshiring.

3. Farzandingiz dunyoqarashini oshirish uchun 100dan ortiq Edukids ilmiy-ommabop animatsion videoroliklarni ko'ring.

4. Agar darslarni sog'ingan bo'lsangiz ️Maktab.uz platformasiga kiring va 10 mingdan ziyod onlayn darslarni tomosha qiling.

5. Yuqori sinf o'quvchisi bo'lsangiz, YouTube'dagi Milliy ta'lim resurslari kanaliga obuna bo'ling va 30 dan ortiq kelajak kasblarini o'rganing, Sizni 700 dan ortiq o'zbek tilidagi bepul videodarslar kutmoqda.
1.7K views12:34
Ochish/sharhlash