Get Mystery Box with random crypto!

Online Maktab | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal | O
Telegram kanalining logotibi uzeduonlinemaktab — Online Maktab | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @uzeduonlinemaktab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.02K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta'limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali
Xalq ta'limi vazirligining rasmiy kanali: @uzedu
Mover: https://mover.uz/channel/uzedu
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCl7z3EkGaM4NA0NcB_phIAg/

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-31 07:09:02
"BETT Show Tech exhibition"  ko'rgazmasining ikkinchi ish kuni taassurotlari

Xabaringiz bor, ITSM jamoasi London shahrida bo'lib o'tayotgan innovatsion ko'rgazmada ishtirok etmoqda.  Bugun ko'rgazma doirasida tashkil etilgan qiziqarli tadbirlarning bir nechtasi bilan quyida tanishtirib o'tamiz:

  Robototexnika namoyishi - aqlli robotlarning obyektlarni tanish/aniqlash/tasniflash, navigatsiya va video kuzatishni o'z ichiga olgan vazifalarni qanday bajarishi namoyish etildi;

Dasturlash darslari - "Python" va "Javascript" kabi turli tillarda dasturlashni o'rgatadigan tajribali o'qituvchilardan amaliy ko'nikmalar taqdim etildi;

Zamonaviy kompyuterlar va ularning aksessuarlari namoyishi - "Microsoft" va "Apple" kabi yirik kompaniyalar tomonidan barcha yangi ishlab chiqilgan qurilmalar, shuningdek ular uchun aksessuarlar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda ta'lim bozorida katta muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilayotgan innovatorlarning qiziqarli chiqishlari ham taqdim etildi.

Ta'lim sohasidagi Liderlarning chiqishlari - Microsoft, Apple, Google kabi yirik kompaniyalar mutaxassislarining taqdimotlari tinglandi.

O'z navbatida ITSM jamoasi "Microsoft", "Nearpod", "Kahoot", "Codible", "Microbit" kabi kompaniyalar vakillari bilan bir qator samarali uchrashuvlarni o'tkazdi.
1.5K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:17:59
"Virus" nima ekanligini bilasizmi?

"Virus" tirik hujayralarda ko'payib, o'simlik, hayvon va odamlarda yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlardir.

Ular tabiatda keng tarqalgan bo'lib, har xil og'ir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Milliy ta'lim resurslari kanalidagi qisqa videolarni (shorts) va onlayn darslarni kuzatib boring hamda bu kabi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling!

71 2020909

itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube
1.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-03-30 15:16:58
"BETT Show Tech exhibition" ko'rgazmasi o'z ishini boshladi

Bugun London shahridagi "ExCeL London"da har yili o'tkaziladigan "British Educational Technology Trade (BETT) Show" ko'rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Va yana, butun dunyo bo'ylab odamlar, ta'lim sohasidagi zamonaviy ilg'or texnologiyalarni o'rganish uchun Londonda to'planmoqdalar.

Ushbu hafta davomida ko'rgazma doirasida texnologiya va ta'limga ixtisoslashtirilgan ko'plab qiziqarli tadbirlarni o'tkazish rejalashtirilgan.

ITSM jamoasi ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etmoqda. Kanalimizni kuzatishda davom eting, navbatdagi postlarimizda ko'rgazma doirasidagi tadbirlarga doir batafsil ma'lumotlarni berib boramiz.
1.4K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-03-30 11:59:59
"CIA uchligi" haqida ma'lumotga egamisiz?

"CIA uchligi" ma'lumotlar xavfsizligining 3 ta asosiy qismi bo'lib, agar kompaniyada ulardan biri yaxshi ta'minlanmagan bo'lsa, unda xavfsizlik darajasi juda past hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Milliy ta'lim resurslari kanalidagi qisqa videolarni (shorts) va onlayn darslarni kuzatib boring hamda kiberxavfsizlik sohasidagi bu kabi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling!

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube
1.7K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-03-03 10:00:00
Qadrli kuzatuvchilar siz uchun ajoyib yangilik! Artel va Edukids tomonidan ishlab chiqilgan yangi dayjestni e'tiboringizga havola etamiz!

Har birimizning xonadonimizda mavjud texnik vositalarni ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasining o‘z o‘quv markazi borligini bilarmidingiz U yerda kompaniya xodimlaridan tortib rahbarlarigacha o‘qib, o‘z malakasini oshirib boradilar. Imtihonlarni yaxshi natijalar bilan yakunlagan kurs qatnashchilari esa sertifikat bilan taqdirlanib , katta-katta kompaniyalarning yuqori lavozimlarida ishlash imkoniga ega bo’ladilar!

Yangi Edukids dayjestini tomosha qiling va bular haqida batafsil bilib oling!
Website | Instagram | YouTube | Telegram
1.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-03-03 06:00:57
2022 yilning 2 mart sanasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTubedagi "Milliy taʼlim resurslari" kanali rasman ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar, SUNʼIY INTELLEKT, 2D ANIMATSIYA, KIBER XAVFSIZLIK, SMM, ELEKTRON TIJORAT, VEB DASTURLASH kabi dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘ziga jamlagan
dan ortiq video-kontent joylashtirilgan.

Quvonarlisi, ushbu qisqa faoliyat davomida zamonaviy kasblarni faol o‘rganib borayotgan obunachilarimiz soni mingdan oshdi.

Ko‘rishar soni esa, milliondan ortig‘ini tashkil etmoqda.

Obunachilarimizni izohlarda qoldirayotgan savollari, takliflari hamda minnatdorchilik so‘zlari bizni yana-da samarali yangidan-yangi video-kontentlarni ishlab chiqishga undamoqda!

Siz uchun onlayn kontentlarimiz foydali va qiziqarli bo‘layotganidan xursandmiz!

Biz bilan birga qolayotganingiz uchun tashakkur!
1.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-02-19 17:30:18

Target o'zi nima?

Bugungi kunda deyarli millionlab yoshlar va biznes qatlam egalari instagram, telegram, facebook, twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda o'zining shaxsiy sahifalarini yuritadilar.

Siz, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansiz, har kuni juda ko'plab reklama takliflariga duch kelasiz.

Target - bu ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylamoqchi bo'lgan reklamangizni maqsadli auditoriyaga ko'rsatish orqali reklamangiz foydasini bir necha bor orttirib beradigan funksiyadir.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining YouTubedagi Milliy ta'lim resurslari kanalidagi "SMM" onlayn kursinida uning barcha imkoniyatlarini mustaqil ravishda o'zlashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi biznes akkauntlaringizni yangi bosqichlarga olib chiqing!

Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.

#milliy_talim_resurslari #xtv #itsm #IT_kasblar
708 views14:30
Ochish/sharhlash
2023-02-18 08:10:22

Mnemonika haqida eshitganmisiz?

Inson xotirasi - uning umri davomidagi eslab qolgan ma'lumotlari bo'lib, u ikki turga bo'linadi, doimiy va qisqa.

Doimiy xotirangizga - ota-onangiz, o'zingiz, yashash manzilingiz, oila a'zolaringiz va shunga o'xshash ma'lumotlar kiradi.

Qisqa xotirangizga - o'qigan kitoblaringiz, olgan bilimlaringiz, yaqin orada uchratgan insonlaringiz, qisqa vaqtda olingan va unutilishi tez sodir bo'ladigan barcha ma'lumotlaringiz kiradi.

Mnemonika usullaridan foydalanish orqali esa Siz, qisqa xotirangizni doimiy xotirangizga aylantirishingiz mumkin bo'ladi.

Qanday qilib deysizmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining YouTube Milliy ta’lim resurslari kanalidagi “Shaxsiy rivojlanish” onlayn kursining 12-darsida Mnemonika haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!

Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.

#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar
1.5K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-02-17 15:31:20

O’zbekistonda eng ko’p talab qilinadigan kompyuter mutaxassisi

Daromadli kasb egasi bo‘lmoqchimisiz?

Qaysi kasbni tezroq va osonroq o‘rganish mumkinligini o‘ylayapsizmi?

Unda hech ikkilanmay Veb-dizaynerlikni o‘rganing!

O‘zbekistonda ushbu kasb egasining oylik daromadi 7 000 000 so‘mdan boshlanadi va o‘rtacha 10 000 000 – 20 000 000 atrofida bo‘ladi. AQSHda esa veb-dizaynerlar oylik maoshi o‘rtacha 5000$ ni tashkil etadi.

Siz ham qiziqib qoldingizmi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Veb-dizayner” onlayn kursini o'rganing!

Ushbu kasbni o'rganmoqchi bo'lgan barcha yaqinlaringizga xabarimizni ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.
2.5K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-02-17 07:14:08 #milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

3 ta asosiy ommaviy operatsion tizimlar…

Operatsion tizim o‘zi nima?

Operatsion tizim – bu qurilmani ishlashiga yordam beruvchi katta dastur hisoblanadi.

Nima uchun bir operatsion tizim boshqalariga nisbatan ommalashadi?

Kelin, hozir ulardan birini ko‘rib chiqamiz!

Mac OS operatsion tizimi – 2001-yilda Apple asoschisi Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan, ushbu operatsion tizim ilk bor oynali interfeysni taklif etgan. Shuning hisobidan ushbu operatsion tizim tez tanilgan.

Siz eng ommalashgan operatsion tizimlardan qay birini bilasiz yoki unda ishlaysiz?

Javobingizni izohlarda qoldiring.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Operatsion tizimlar” onlayn kursida ushbu yo'nalishdagi bilimingizni yanada oshiring.
1.2K views04:14
Ochish/sharhlash