Get Mystery Box with random crypto!

TAFAKKUR

Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR T
Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR
Kanal manzili: @uzb_tafakkur
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.24K
Kanalning ta’rifi

Kritik-analitik fikrlash
Shaxsiy rivojlanish
Biznes psixologiyasi
Ko'ndirish psixologiyasi
Insoniy munosabatlar psixologiyasi
Murojaat uchun: @tafakkuradmin

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-17 09:40:21
Bugun qanday muborak kecha ekanligini bilasizmi?

Ramazon oyida muborak bir kecha borki, Alloh taolo o‘z kalomida uning ming oydan ham afzal ekani haqida marhamat qilgan. Ya'ni, kim o‘sha kechani ibodat bilan o‘tkazsa, boshqa paytda ming oy ibodat qilgandan ko‘p savobga erishadi. Bu – Qadr kechasidir.
U qanday fazilatlarga ega?

U ming oydan yaxshiroq kechadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib ko‘rilsa, taxminan, 83,3 yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu kechada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovot-u tasbehlar, duolar ana shunday vaqt kengligini qamrab oladi.

Bu – shu muborak kechada qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Bundan ortiq bu kechaning yana qanday go‘zal va ulug‘vor fazilati bo‘lishi mumkin?

Qolaversa, bu kecha omonlik va barokot kechasi. Unda bandaning bir yillik hisob-kitobi yer yuziga tushiriladi. Bu kechada banda bedor bo‘lib, Allohga muxlis holatida, ya'ni ixlos ila duo qilsa, gunohlari mag‘firati, ikki dunyo saodati, o‘zining ehtiyojlari haqida so‘rasa, duosi shubhasiz ijobat bo‘ladi.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam): «Kim Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi», dedilar.

Kanalga ulanish: Tafakkur

Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
7.0K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:43:18
Приглашаем на выставку международного образования, которая пройдет в здании CIS Tashkent 15 апреля c 14.00 до 18.00.

12 стран из Европы, Азии и Америки.
Более 300 программ обучения и специальностей – бакалавриат, магистратура и MBA. Вступительные требования и сроки подачи документов, консультации представителей вузов и колледжей и полезные презентации – все в одном месте и в один день!

Кому будет полезна выставка:

Школьникам
- Пообщаться с представителями вузов, узнать про профессии и летнюю практику английского

Студентам
- Спланировать поступление в магистратуру с возможностью трудоустройства

Родителям
- Лично задать вопросы об обучении, перспективах и безопасности за границей.

Переходите по ссылке, чтобы ознакомиться с программой лекций: event.allterra.ru/fair-tashkent

Необходима регистрация. Участие бесплатное.
Количество мест ограничено.
5.0K views05:43
Ochish/sharhlash
2023-04-14 15:16:29 Chet elda dam olib biznes qilsa bo'ladimi?

Javobni quyidagi videodan bilib olishingiz mumkin:

6.0K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:08:08
Men ham yoshligimda dangasa bo'lganman

Inson rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan omillardan biri bu - Dangasalik! Lekin uni to'g'ri joyga yo'naltira olsangiz sizdan katta odam chiqish ehtimoli yanada ortadi. Men ham yoshligimda dangasalik qarmog'iga ilinganman, lekin ota-onamning o'z vaqtida bergan o'gitlari orqali bu illatni foydaga aylantirganman.

Sizda ham erinchoqlik, dangasalik bo'lib turadimi? Uni qanday yengasiz, fikrlaringizni izohda yozib qoldiring

Kanalga ulanish: Tafakkur

Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
2.8K views10:08
Ochish/sharhlash
2023-04-12 09:26:53
Farzandingiz sizdan eshitgisi keladigan gaplar qaysilar ekanini bilasizmi?

Farzand tarbiyasi — bu ulkan mas’uliyat. Farzandingiz o'ziga ishongan, ma'suliyatli, maqsad sari olg'a intiladigan, siz istagandek aqlli bo'lishi uchun unga ota-onaning har kunlik motivatsiyasi kerak. Qanday motivatsiya ekanligini bilmoqchi bo'lsangiz, ushbu postimizdagi "kalit" so'zlarni sizlarga taqdim qilamiz...

Kanalga ulanish: Tafakkur

Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
6.1K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-11 09:33:15
Sizga jannat bo'lsin o'zbek ayoli

Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib-tarab, o'qishga, ishga kuzatgan, o'zi yemasa ham oilasiga ilingan, har bir kunini oilasiga bag'ishlagan munis ayollarimiz doim sog'-salomat bo'lishsin.

Bir qo'lida ketmon, bir qo'lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o'rtog'ining barcha injiqliklarini o'z o'rnida hal etguvchi ham bu o'zbek ayoli.

Ramazon oyida qilayotgan barcha xizmatlaringizga Allohning rahmati bo'lsin. Qalbingizdagi barcha ezgu orzu-niyatlaringizga Allohim yetkazsin!

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
7.4K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:45:40
Hamma havas qilgan sahoba

Ko'plab buyuk sahobalar haqida eshitgansiz albatta. Lekin ular ichida nisbatan kamroq tilga olinadigan, lekin Payg'ambarimiz s.a.v o'zgacha hurmat qilgan va 7 oy uyida mehmon bo'lgan sahoba haqida eshitganmisiz? Bu sahoba qanday ishlari bilan boshqalardan ajralib turganlar?

Nega Rasululloh s.a.v aynan shu sahobaning uyida mehmon bo'lganlar? Bu uyda yashiringan sir nimada edi? Bu sahoba bilan bog'liq yana qanday qiziq voqealar bo'lgan? Katta qarzlari bo'lganda, uni qanday to'laganlarini bilasizmi? Ularning qabrlari hozirda qayerda ekaninichi?

Bularning barchasini bugungi videodan bilib olishingiz mumkin. Ramazon oyiga bag’ishlangan va diniy bilimlaringiz yanada oshishi uchun olingan ushbu sonimiz sizga manzur bo'ladi degan umiddamiz!

To'liq videoni ko'rish:

5.8K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:06:48
Oila rahbarlariga eslatma

Hurmatli erkaklar jufti halolingiz bo'yningizdagi Allohning omonati ekanligini unutmang! Go'zal xulqni oilangizdan boshlang. Nafaqat farzandlaringizga balki ayolingizga ham odob-axloqda o'rnak bo'ling.

Muqaddas dinimizda ham o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklar ulug'lanadi. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar: “Mo‘minlarni imon jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshilik qiladiganingizdir” (Imom Termiziy rivoyati).

Shuni unutmaslik kerakki, ayol kishi taom, ichimlik, libos va shu kabi boshqa moddiy narsalarga ehtiyojmand bo‘lgani singari, shirin so‘zga, chiroyli tabassumga, go‘zal muomalaga va mehrga muhtojdir. U qalbini zavqlantiradigan, g‘amni ketkazib, hayotni saodatli qiladigan mehribon yorga doim muhtojdir. Siz shunday turmush o'rtoq bo'lingki, sizni ko'rganda ayolingiz ko'zlari quvnasin, siz uyga kelganda uyda bayram bo'lib ketsin. Yaxshilikni eng avvalo oilangizdan boshlang!

Barchaga manfaatli bo'lishi uchun ushbu postni yaqinlarizga ham ulashing

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
2.5K views07:06
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:16:13
#ibratvaqti
Tarbiyani o'zingizdan boshlang (ibratli hikoya)

Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarning kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi.

Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi.

Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi. Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi. Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik.

Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi. O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. Bu holat o‘sha ko‘rolmay qolganim sirk tomoshasidan ham chiroyliroq edi. Shu kuni tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan bo‘lishiga ko‘proq amin bo‘ldim!

Ushbu qisqa hikoyadan olgan o'z xulosangizni izohlarda yozib qoldiring

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
2.0K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-06 13:30:23
Tarbiyani o'zingizdan boshlang

Farzandimizga yolg'on gapiramizda, so'ngra ulardan rost gapirishni talab qilamiz. Ularga g'azab qilamizda, xushmuomala bo'lishni talab qilamiz. Ularning oldida chakamizda, chakmaslikni talab qilamiz. Bolamizga qancha tarbiya bermaylik, U tarbiyaga andozani o'z tarbiyachilaridan - ya'ni o'z ota-onasidan olishini unutib qo'yamiz.

Tarbiyani bolangizdan emas, avvalo o'zingizdan boshlang! Ularga sevishni o'rgating, urushishni emas. Mustaqil fikrlashni o'rgating, birovni aytganini bajarishni emas! Yashashni o'rgating, o'rniga o'zingiz yashamang! Bolaga mehr bering, zero bu kelajakda albatta o'zingizga qaytadi

Postimizni yaqinlaringizga ulashing

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
3.7K views10:30
Ochish/sharhlash