Get Mystery Box with random crypto!

Oila rahbarlariga eslatma Hurmatli erkaklar jufti halolingi | TAFAKKUR

Oila rahbarlariga eslatma

Hurmatli erkaklar jufti halolingiz bo'yningizdagi Allohning omonati ekanligini unutmang! Go'zal xulqni oilangizdan boshlang. Nafaqat farzandlaringizga balki ayolingizga ham odob-axloqda o'rnak bo'ling.

Muqaddas dinimizda ham o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklar ulug'lanadi. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar: “Mo‘minlarni imon jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshilik qiladiganingizdir” (Imom Termiziy rivoyati).

Shuni unutmaslik kerakki, ayol kishi taom, ichimlik, libos va shu kabi boshqa moddiy narsalarga ehtiyojmand bo‘lgani singari, shirin so‘zga, chiroyli tabassumga, go‘zal muomalaga va mehrga muhtojdir. U qalbini zavqlantiradigan, g‘amni ketkazib, hayotni saodatli qiladigan mehribon yorga doim muhtojdir. Siz shunday turmush o'rtoq bo'lingki, sizni ko'rganda ayolingiz ko'zlari quvnasin, siz uyga kelganda uyda bayram bo'lib ketsin. Yaxshilikni eng avvalo oilangizdan boshlang!

Barchaga manfaatli bo'lishi uchun ushbu postni yaqinlarizga ham ulashing

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok